Dengizga çiqa olmaydigan davlatlar savdo aylanmasini 30 foizgaça yöqotadi, deb xabar berdi Yevroosiyo taraqqiyot banki boşqaruvi raisi Dmitriy Pankin. Bank iştirokçilari orasida bunday davlatlar soni – beşta.

"Dengizga çiqiş yöli bölmagan davlatlar örtaça iqtisodiy körsatkiçi, dengizga çiqa oladigan mamlakatlarga qaraganda, 1,5 foiz punktiga past. Buning sabablari aniq – taşuvlarning yuqori qiymati", - deya ma'lum qildi Pankin BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy kengaşi taraqqiyotni moliyalaştiriş Forumida. Uning sözlariga köra, transport uçun xarajatlar dengizga çiqadigan davlatlar bilan taqqoslaganda, 50 foizgaça qimmat bölişi mumkin.

Uning sözlariga köra, muammoni mintaqaviy iqtisodiy integratsiya orqali yeçiş mumkin, sababi bu jarayon davlatning geografik nuqtai nazardan ajralib qolganini çegara va bojxona xarajatlari hisobidan kamaytiriş, işçi kuçi va kapital mobilligini oşiriş yordamida yumşatişi mumkin. Şu tariqa portlar va infratuzilmaning boşqa muhim obektlariga boğlanişi ta'minlanadi.

Pankinning ta'kidlaşiça, YeOTB BMTning taraqqiyot sohasidagi dasturi kun tartibiga muvofiq harakat qilib, a'zo davlatlarga ularning iqtisodiy ösişi yölidagi tösiqlarni transport va energetika infratuzilmasi sohasidagi loyihalarni moliyalaştiriş orqali olib taşlaşga kömak beradi. "YeOTB sarmoyaviy portfelidagi barça loyihalarning deyarli yarmi integratsiya loyihalari bölib, ular bizning a'zo mamlakatlarimizning köproq özaro boğlanişiga turtki beradi", - dedi Pankin.

Yevroosiyo taraqqiyot banki Rossiya va Qozoğiston tomonidan 2006 yilda ta'sis etilgan xalqaro moliyaviy taşkilot bölib, iştirokçi davlatlarning bozor iqtisodiyotiga kömak berişni, barqaror iqtisodiy ösişini va özaro manfaatli savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirişni maqsad qilgan. YeOTB ustav kapitali 7 milliard dollarga teng. Armaniston, Belarus, Qozoğiston, Qirğiziston, Rossiya va Tojikiston iştirokçi davlatlar sanaladi.