Frenk Gerbert - amerikalik fantast-yozuvçi, "Dyuna kundaligi" asari muallifi.

1957 yilda Frenk Gerbert deyarli bankrot bölgan - unda faqat yangi kitob ğoyasi bölgan. Biroq bir neça yildan keyin u ulkan muvaffaqiyatga erişgan. "Layfxaker" şu mavzudagi maqolasi bilan bölişdi.

Gerbert deyarli 6 yil davomida, to 1963 yilga qadar "Dyuna" qölyozmasi ustida işlagan. Dastlab uning asarini haddan taşqari uzun, öquvçilarga yoqmaydi deb hisoblab, heç kim naşr qilgisi kelmagan. U birin-ketin rad etilgan. Hatto noşir topilganda ham, kitob muvaffaqiyatsizlikka uçraşi kutilgandi: tanqidçilar unga salbiy baho berişar, reklama esa yöq edi.

Biroq izohlab bölmas voqea yuz berdi. "Dyuna" odamlar tiliga tuşdi. Kitob tanila boşladi.

"Ikki yil davomida kitob dökonlari va öquvçilar kitobimni heç qayerdan topib bölmayotganini aytib, menga şikoyat qilişardi", - deydi yozuvçi.

Gerbert "Dyuna" tarixini "muvaffaqiyatning sekin şakllanişi" deb atadi. Bunday muvaffaqiyat navbatdagi bestseller şuhratidan köra köproq ahamiyatga ega. Bestsellerlarning aksariyati - illyuziya. Maşhur muallif mavqeiga ega bölişni istagan har qanday işbilarmon kitob yoziş uçun kimnidir yollaşi mumkin, keyin esa 10 ming nusxasini sotib olib, bestsellerlar röyxatidan joy olişi heç gapmas. Biroq bunday pullar tez unutiladi. "Dyuna" esa 40 yildan buyon mutolaa qilinadi.

Mukofot haqida öylamang

Nima uçun köplab boşqa kitoblar e'tibordan çetda qolgan bir vaqtda "Dyuna" bunçalik maşhur bölib ketdi? Baxtli tasodifmi? Ehtimol. Balki gap Gerbertning öz san'atiga yondaşuvidadir.

"Men "Dyuna"ni yozganimda uning muvaffaqiyati yoki tanazzuli haqida öylamaganman. Barça syujyet liniyalarining özaro muvofiqligi katta e'tiborni talab qilardi. Mening boşimda boşqa fikrlar uçun joy ham yöq edi". Frenk Gerbert.

Gerbert imkon qadar köproq nusxa sotiş ilinjida bölmagan. U şunçaki insonlarni qiziqtira oladigan asar yozişni niyat qilgan.

"Yozuvçi öquvçi kitobning keyingi sahifasini öqişga şoşilişi uçun qöldan kelgança harakat qilişi kerak. Yozayotganda şu haqida öylaş kerak, - derdi u. - Pullar yoki şon-şuhrat haqida öylamang. Öquvçilarga yetkazmoqçi bölgan hikoyangizga diqqatni qarating, qolgan narsalarga kuç sarflamang".

Bu maslahat faqatgina yozuvçilarga tegişli emas. Pullar haqida öylamang. Muvaffaqiyat haqida öylamang. Öz işingizni sifatli bajarişga diqqat qiling. Şunda qolgani öz-özidan keladi.