Foto: businessinsider

Inson 30 yoşga kirgaç, turmuşi oson bölib qolmaydi. Mehnat pillapoyalari, biznes, oila taşvişi, turarjoy xarid qiliş, oila a'zolarining ortişi — bu va boşqa omillar kuç va vaqtni olib qöyadi. Moliyaviy rejalaştiriş böyiça malakali mutaxassis va Beyond Your Hammock firmasi asosçisi Erik Roberg pullarni qanday tasarruf etiş böyiça fikrlarini bildirdi. 

Har kuni yuqoridagi muammolarga duç kelgan mijozlarga kömak berar ekanman, pul bilan muammo bölmagan taqdirda ham odamlarning taşvişi yetarli ekaniga amin böldim. Biroq yotib yeganga toğ ham çidamagandek, boylikni ham töğri boşqariş uçun bir neça oddiy qoidalarga rioya qiliş foydadan xoli bölmaydi. 

1. Imkoniyatingiz yetganidan pastroq şaroitda istiqomat qiling

Foto: AP / Alan Diaz

Ehtimol, siz bu kabi maslahatlarni köp bora eşitgandirsiz. Biroq bu yetarli mablağ töplaş uçun kifoya qilmaydi. Agar oyiga 2000 dollar işlab topsangiz va 1999 dollar sarflasangiz, texnik jihatdan siz xarajatlaringiz daromadingizdan kam bölişini ta'minlayapsiz va qarz botqoğiga botmaysiz. Şunga qaramay, bunday hayot tarzi sizni millioner qilmaydi. Boy böliş uçun birmunça kamtarona hayot tarzini tanlaş lozim. Daromadingiz va xarajatingiz örtasidagi farq qança katta bölsa, siz moliyaviy mustaqil böliş yölidagi maqsadlaringizga şunça tez erişasiz. 

2. Söm yoki dollar haqida emas, balki neça foiz daromadingizni jamğarib qöyayotganingizga e'tibor bering

Foto: Flickr

Aytaylik, sizning bir oylik daromadingiz yuqorida aytganimizdek 2000 dollar. Bunda siz 800 dollarni tejab, sarmoyaga yotqizayapsiz. Bu daromadingizning sezilarli qismi va yaxşi miqdordir. Endi tasavvur qiling, siz oyiga 3000 dollar topa boşladingiz, biroq hamon 800 dollar jamğarayapsiz. Tabriklayman, siz özingizni boşqara olmadingiz va daromad ortişi bilan buromadni ham oşirdingiz. Uzoq istiqbolda nafaqat mutlaq mablağ miqdori, balki daromaddan keladigan daromad miqdori ham muhim örin tutadi. Agar siz şunga rioya qila olsangiz, daromad oşgani sayin jamğarma miqdori ham oşa boşlaydi.