Google korporatsiyasi foydalanuvçilarining internetdagi faolligini kuzatib, ularning tanlovlariga doir axborotni yiğadi. Foydalanuvçining saytlarda qanday reklamalarni körişi uning qidiruv tizimida nimalarni izlaşi va qanday tovarlarni xarid qilişiga boğliq. Biroq endi internet-gigant bu tajribani jahon "örgimçak töri"dan taşqarida ham qöllaşga qaror qildi - bundan keyin Google nafaqat onlayn ma'lumotlarni, balki offlayn-xaridlarga oid xabarlarni ham töplaydi.

CNN telekompaniyasida xabar qilinganidek, bu korporatsiyaga foydalanuvçi tarmoqdagi reklama baneridagi xabardan keyin köçadagi dökondan u yoki bu tovarni xarid qildimi yoki yöq - şuni aniqlaşga yordam beradi. Google'ning AQŞning kredit va debet kartalarini işlab çiqaruvçi yetakçi moliyaviy kompaniyalari bilan tuzgan şartnomasi tufayli şunday imkoniyat paydo böldi.

Şartnomaga muvofiq, Amerika fuqarolarining taxminan 70 foiz tranzaksiyalari haqidagi şifrlangan ma'lumot Google'ga kelib tuşadi, şundan söng avtomatik ravişda  tarmoqdagi reklama e'loni kliklari bilan taqqoslanadi. Şu tariqa, Google AdWords reklama servisidan foydalanuvçi kompaniya mijozning tovarni qölga kiritişga oid qaroriga reklamaning ta'siri böldimi yoki yöq - bilib olişi mumkin. 

Avvallari bunday ma'lumot faqat internet-savdoda qöllanardi. Foydalanuvçi onlayn heç narsa xarid qilmasa, reklama beruvçilar unga ketgan pulni bejiz sarflangan degan xulosaga kelişardi. 

Korporatsiyada ta'kidlanişiça, bunday tajriba fuqarolar hayotiga heç qanday tahdid solmaydi.