«Arsenal» jamoasi boş murabbiyi Arsen Venger Angliya Kubogi finalida «Çelsi»ga qarşi keçadigan uçraşuv arafasida öz kelajagi borasida berilgan savolga ham javob qaytardi.
«Mustafi hali betob va maşğulotlarda iştirok etmayapti. Albatta, Pauilstaning «Everton» bilan uçraşuvda jarohatlanişi bizga ortiqça muammolarni tuğdirdi. Barça biladiki, Koselni öşa öyinda olgan qizil kartoçkasi tufayli Kubok finalida öynay olmaydi. Futbolda nimalar bölişini oldindan bilib bölmaydi. Ammo biz «Çelsi»ga qarşi öyin oldidan muammolarni bartaraf etişga harakat qilamiz. Umid qilamanki, buning yöli topiladi.
Istalgan holatda ham, şanba kungi öyin – mening oxirgi öyinim bölmaydi. «Arsenal»dan ketsam ham futboldan ketmayman. Yöq, men hozirda bosim ostida emasman. Mening vazifam – Angliya Kubogida ğalaba qozoniş», – deya fransiyalik mutaxassisning sözlarini keltirgan «Sovetskiy sport».












