Somalida nazorat-ötkaziş punktida terrorçi-xudkuşning hujumi oqibatida 5 kişi, jumladan politsiya xodimi halok böldi, deb xabar bermoqda 23 may kuni Reuters axborot agentligi.
Portlaş Puntlend muxtor hududining şimoliy viloyati Barida yuz bergan. Şuningdek, 12 kişi jarohat olgan, deb ma'lum qildi viloyat gubernatori Yusuf Muhammad.
Portlaş terrorçiga töxtaş buyurilganda sodir etilgan. Ayni vaqtda birorta terrorçilik guruhi uşbu hujum uçun javobgarlikni öz zimmasiga olmagan.
Ta'kidlaş joizki, Baridagi uşbu terakt oxirgi 3 yil içidagi birinçisi böldi.
2016 yil dekabrda Putlendda IŞID bilan boğlangan jangarilar şimoliy şaharlardan birini bosib olgandilar, biroq Putlend xavfsizlik xizmati tomondan tezkorlik bilan toğli hududga siqib çiqarilgandilar.











