Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sud departamenti o‘rnida majburiy ijro byurosi tashkil etiladi
O‘zbekistondagi sud qarorlarini ijro etish tizimida yirik islohotlar o‘tkazilishi kutilmoqda.
«Kun.uz» manbasi ma'lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta'minlash departamenti tugatilmoqda.
Departament funksiyalari Bosh prokuratura qoshida tashkil etiladigan majburiy ijro etish byurosiga o‘tkaziladi.
Byuro nafaqat sud qarorlarini ijro etish bilan shug‘ullanadi, balki kommunal to‘lovlar tizimi ham ushbu tashkilot nazoratiga o‘tkaziladi.
Endilikda gaz va elektrga oid barcha kommunal to‘lovlarni undirish bilan aynan prokuratura qoshidagi byuro xodimlari shug‘ullanishadi.
Bu ma'lumot sud departamentidagi manba tomonidan ham tasdiqlandi. Manbaning so‘zlariga ko‘ra, yangi byuroda 10 ming nafarga yaqin xodim ishlaydi. Taqqoslash uchun, sud departamenti xodimlari soni 2 ming nafardan ortiq.
Ayni vaqtda Bosh prokuratura tomonidan tegishli rasmiy farmon e'lon qilinishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
15:49 / 23.04.2021
«Tekshiruvchi ham, tekshiriluvchi ham bitta tuzilmada» - Nig‘matilla Yo‘ldoshev inspeksiyalar mustaqil emasligi haqida
14:18 / 23.04.2021
2020 yilda 106 ming gektar yer hokimliklar tomonidan noqonuniy ajratilgan – Bosh prokuratura
23:28 / 17.07.2020
BMT maxsus ma'ruzachisining O‘zbekiston prokuraturasi haqidagi xulosalari e'lon qilindi
08:27 / 30.06.2020