Afğonistonda ilk ayollar televizion kanali «Zan-TV» işga tuşdi. Bu haqda «Afganistan.ru» xabar tarqatdi.

«OAVdagi ilk çiqişlarimdan keyin köplab tahdidlar qilingandi. Hatto oila a'zolarim ham qiz bola televideniyeda işlaşi xatoligini aytişadi. Lekin men barçasini inkor etib, öz maqsadim yölida davom etmoqdaman», degan telekanalning oçiliş marosimi vaqtida 22 yoşli Şamila Rasuliy

Kanal asosçisi Hamid Samarning ma'lum qilişiça, kanalning taşkil etilişi köplab afğon ayollari taşabbusi bilan böldi.

NTV xabariga köra, «Ayollar kanali»da 54 xodim bor, ularning aksari talabalardir. Jamoada 16 erkak bölib, bu xodimlarning umumiy sonining uçdan bir qismini taşkil etadi. Ular asosan s'yomka va montaj jarayonida işlaydi. Qolgan işlar ayollar zimmasida böladi. Telekanal 18 soat işlaydi, soat 6:00dan yarim tungaça.

Ayni vaqtda Afğonistonda 40ga yaqin telekanal mavjud. Konservativ qaraşlar tufayli ayollar bu telekanallarda çiqiş qilişa olmaydi.