Özbekistonlik qorilar Ramazon oyi munosabati bilan tarovih  namozlarini öqişi uçun qöşni respublikalarga yuborilişi öziga xos yaxşi an'anaga aylandi.

Özbekiston musulmonlari idorasi Xalqaro aloqalar bölimi ma'lumot berişiça, bu yil ham ötgan yillarda bölgani kabi, bir neça qori Ramazon oyida tarovih namozlarini öqib beriş uçun Rossiya Federatsiyasiga jönab ketgan.

Rossiya musulmonlari diniy jamiyati taklifiga binoan, 26 may kuni, erta tongda 6 nafar qori – Çilonzor tumani Boş imom-xatibi Abdukarimov Husniddin, Özbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi muqaddas qadamjolarni saqlaş va obod etiş xayriya jamğarmasi xodimi Xudoyberdiyev Farrux, Din işlari böyiça qömita Ta'lim bölimi xodimi Haydarov Mirodil, Şayxontohur tumani “Dorus-Salom” masjid noib-imomi Ubaydullayev Islom, Çilonzor tumani “Qatortol” masjidi imom-xatibi Alimov Abror va Yaşnobod tumani “Ali ibn Abu Tolib” masjidi noib-imomi Mirsodiqov Nurilla kabi qorilar Moskva şahriga safarbar etilgan.

Qorilar muborak oy davomida Rossiya Federatsiyasi şaharlarida musulmonlarga tarovih namozlarida xatmi Qur'on öqib beradi.

Şuningdek, safar davomida qorilar Rossiya Federatsiyasi şaharlarida taşkil etiladigan diniy marosimlarda iştirok etişlari kutilmoqda.