Yöl harakati xavfsizligi xizmati 18 fevraldan boşlab tarovih namozi öqiladigan masjidlarda harakat xavfsizligini ta’minlaş hamda jamoat tartibini saqlaş maqsadida kuçaytirilgan tartibda xizmat olib borilişini ma’lum qildi.

Qayd etilişiça, bu tadbirlar mamlakat böylab barça huquqni muhofaza qiliş organlari bilan hamkorlikda amalga oşiriladi.

Şu munosabat bilan YHXX masjidlarga taşrif buyuradigan fuqarolarga bir qator tavsiyalar berdi:

  • Masjidlarga jamoat transportlaridan foydalangan holda keliş;
  • Piyodalardan faqatgina piyodalar ötiş joyidan yuriş;
  • Velosiped haydovçilaridan tungi vaqtda nur qaytaruvçi nimçalardan foydalangan holda harakatlaniş;
  • Avtomaşina haydovçilaridan tezlikni me’yoridan oşirmasdan, ayniqsa piyodalar ötiş joyiga yaqinlaşganda yanada e’tiborli böliş;
  • Barçadan yöl harakati qoidalariga, YPX xodimlarining işoralariga sözsiz amal qiliş.

Şuningdek, haydovçilardan tarovihga kelganda maşinalarni harakatga xalaqit bermaydigan joylarga qöyiş söralgan.

YHXX fuqarolarni beparvolik qilmaslikka çaqirib, xavfsizlik har bir inson uçun muhim ekanini ta’kidladi.