Özbekiston Respublikasi Oliy xöjalik sudining raisi Komilov Kozimjon Foziloviç Oliy sud raisi etib tayinlangan. Bu haqda Oliy sud rasmiy saytida ma'lumot berildi.

Komilov Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2013 yil 23 avgustdagi Qarori bilan Özbekiston Respublikasi Oliy xöjalik sudi raisi lavozimiga saylangandi.

Endilikda u Özbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi sifatida Özbekiston Respublikasi Oliy sudi faoliyatiga taşkiliy jihatdan rahbarlik qiladi, sudlarning hal qiluv qarorlari, hukmlari, ajrimlari va qarorlari ustidan protest kiritadi, sud işlarini nazorat tartibida tekşiriş uçun talab qilib oladi, sudlar tomonidan çiqarilgan hal qiluv qarorlari, hukmlar, ajrimlar va qarorlar ijrosini qonunda nazarda tutilgan tartibda töxtatib turadi, Özbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosatini çaqiradi hamda ularning majlislarida raislik qiladi, Özbekiston Respublikasi sudlari sudyalarining intizomiy javobgarligi haqida iş qözğatadi va qonun hujjatlariga muvofiq boşqa vakolatlarni amalga oşiradi.

Eslatib ötamiz, bungaça Özbekiston Oliy sudi raisi sifatida Şoyunus Ğoziyev işlab kelayotgandi. U qaysi işga ötkazilgani hozirça noma'lum.