AQŞda "San-Frantsisko Djayyents" va "Vaşington Neşionals" beysbol jamoalari örtasidagi uçraşuv davomida sportçilar orasida ommaviy muştlaşuv yuz berdi. Bu haqda The New York Times naşri xabar bermoqda. 

Muştlaşuv Vaşington jamoasining töpni qaytaruvçi a'zosi Brays Xarper sababli boşlangan. Bunga esa raqib jamoa pitçeri Xanter Striklendning otgan töpi Xarperning oyoğiga tegişi sabab bölgan. 

Uşbu muştlaşuv aks etgan videoda oyoğiga töp tekkanidan darğazab Xarper bitani çetga uloqtirib, Striklend tomon çopayotgani, söngra esa ikki beysbolçi yuzlariga muşt tuşirib ketişganini köriş mumkin. Bir neça soniya içida muştlaşuvga jamoalarning qolgan a'zolari ham qöşilib ketişgan.   

Sportçilar tinçlantirilgandan keyin uçraşuv davom ettirilgan. Uçraşuvda "Vaşington Neşionals" 3:0 hisobida ğalaba qozongan.