Android'ning asosiy işlab çiqaruvçilaridan biri Endi Rubin The Verge naşriga özining Essential kompaniyasining birinçi smartfonini namoyiş qildi. Şuningdek u uy yordamçilariga möljallangan Ambient OS tizimi bilan taniştirdi. 

Essential Phone 2560X1312 pikselli 5,7 dyuymli ekran bilan ta'minlangan, u qurilmaning deyarli butun yuza panelini egallagan. Yuqori qismida frontal kamera uçun joy ajratilgan. 

Qurilma Qualcomm 835 protsessori asosida işlaydi. U 4 Gb operativ va 128 Gb fleş-xotiraga ega. Quloqçinlar ulanadigan 3,5 millimetrli öyma yöq, qoronğuda olingan suratlarni yaxşilaş imkonini beruvçi ikkilamçi kamera mavjud. Telefon korpusi zarar yetişidan himoyalaniş maqsadida titan va sopoldan işlangan.

Essential telefon bilan birga bir neça aksessuar işlab çiqaradi. Magnit tayançli va ma'lumotlarni simsiz yetkaziş funksiyasiga ega 360 darajali kamera hamda zaryadlaş uskunasi şular jumlasidindir. Ikki uskuna ham telefonning orqa qismiga mahkamlanadi. 

Essential dastlab AQŞda telefonlar sotuvini yölga qöymoqçi, işlab çiqarişning aniq sanasi hozirça ma'lum qilinmagan. Essential Phone narxi - 699 dollar.

Yangi qurilmani savol beriş, ekranga bosiş yoki "nigoh" bilan faollaştiriş mumkin.