Nokia 3310 savdoga çiqib böldi. Layfxaker materialida asl gadjyetni xarid qilişda nimalarga e'tibor qaratiş lozimligi haqida söz yuritilgan.

1.  Sizning SIM-kartangiz tuşmaydi

Zamonaviy smartfonlarning aksariyati nano-SIM’da işlaydi. Nokia 3310 sloti micro-SIM şaklidagi kartalarga möljallangan, şuning uçun bu yerda muammolar paydo bölişi mumkin. Sönggi vaqtlarda operatorlar mini-SIM qobiqli multişaklli kartalarni taklif etişmoqda, undan kerakli hajmdagi kartani çiqarib oliş imkoni bor. Agarda qobiq saqlanib qolingan bölsa, unga nano-SIM’ni kiritiş mumkin. Agarda bu imkonsiz bölsa, adapterni sotib olişingiz yoki öz operatoringizdan SIM-kartani almaştirişingiz darkor.

2.  Orqa paneldagi ustki qismni oça turib, tirnoqni sindirib oliş mumkin

Nokia 3310’dan foydalanişni boşlaş uçun, avvalgi paytlardagidek, unga batareya va SIM-kartani örnatiş lozim. Buning uçun orqa paneldagi ustki qismni oçiş talab etiladi. Buni qiliş esa oson emas. Plastina şu qadar ziçlanganki, ba'zi xaridorlar uni ajratib olişda tirnoqlarini şikastlab olişdi. Ehtiyot böling.

3.  Nokia 3310’da WhatsApp va Viber yöq

Qurilma S30+ dasturiy tizimida işlaydi, u messenjerlarni qöllab-quvvatlamaydi, garçi internetga ulaniş imkoni bölsa ham. Şuning uçun çatlarda muloqot qiliş odatidan SMS foydasiga voz keçişga töğri keladi. Agarda siz çatlardan çarçagan bölsangiz, biroq undan voz keçiş oson bölmayotgan bölsa, Nokia 3310 bunday “qaramlik” bilan kuraşda yordam beradi.

4.  Facebook’ga kiriş mumkin

Qurilmada örnatilgan Opera brauzeri orqali saytlarning mobil versiyasiga kiriş mumkin. Bu soddalaştirilgan versiyasi mavjud bölgan Facebook, «VKontakte» yoki boşqa istalgan saytga kiriş imkoniyatini beradi. Biroq, saytlarda kiçik ekranda va juda ham sekin 2G-internetda işlaş bir qadar noqulaylik tuğdirişi mumkin.

5.  Tugmalarni boşqariş noqulay

Agarda bir neça yildan beri sensorli ekranga ega smartfon sohibi bölsangiz, yangi Nokia 3310’da işlaş ança qiyin keçadi. Ekranga kerakli dasturni oçiş yoki havola böyiça ötiş maqsadida bir neça bor bosib körişingiz ham mumkin. Bir neça kundan söng örganib qolasiz va muammo yöqqa çiqadi.