Elektr energiyasi va gaz tarmoğidan qarzdorlik tufayli uzilgan iste'molçilar qayta ulaniş uçun haq tölaşadi
|05:01 / 30.05.201734 02311 min
ÖzA rasmiy saytida Özbekiston Respublikasi prezidentining «Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib beriş hamda iste'mol qiliş sohasida tölov intizomini yanada mustahkamlaş, şuningdek, ijro işi yuritiş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Farmoniga şarh e'lon qilindi.
Mamlakat yoqilği-energetika kompleksini modernizatsiya qiliş hamda texnologik qayta jihozlaş, elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib beriş hamda iste'mol qiliş sohasida şartnoma majburiyatlariga sözsiz rioya etişning ta'sirçan mexanizmlarini yaratiş — yurtimizda amalga oşirilayotgan, eng avvalo, iqtisodiyotning barça tarmoqlarini, şu jumladan, tadbirkorlikni jadal rivojlantiriş, investitsiyaviy muhitni yaxşilaş, işlab çiqariş va xizmatlar körsatiş sohasini kengaytirişga qaratilgan keng kölamli islohotlarning muhim şartlaridan biri hisoblanadi.
Sönggi yillarda elektr energiyasi va tabiiy gaz işlab çiqariş hajmini oşiriş, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining energiya resurslariga bölgan ehtiyojini töliq hamda uzluksiz ta'minlaş, texnologik jihatdan va ma'naviy eskirgan infratuzilmalarni modernizatsiya qiliş böyiça amaliy çoralarni körişga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Xususan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 noyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan 2017–2021 yillar davomida past kuçlanişli elektr tarmoqlarini yanada modernizatsiya qiliş va yangilaş dasturi doirasida 2,5 million nafardan ortiq iste'molçilarning energiya ta'minotini yaxşilaş maqsadida 34 ming kilometr elektr tarmoqlari hamda 6,9 ming dona transformatorlarni modernizatsiya qiliş böyiça 835,9 million AQŞ dollari qiymatidagi işlar amalga oşirilmoqda.
Şu bilan birga, sohada yuzaga kelgan ahvol va qonuniylik holatining tahlili öz yeçimini kutayotgan jiddiy muammo hamda kamçiliklar mavjudligiga qaramasdan, mutasaddi idoralar tomonidan ularni bartaraf etiş böyiça aniq çoralar körilmayotganligini körsatmoqda.
Jumladan, «Özbekenergo» AJ va «Öztransgaz» AK faoliyatini taşkil etişdagi xato hamda kamçiliklar, şuningdek, tölov intizomini mustahkamlaş, energiya resurslaridan noqonuniy foydalanişning oldini oliş va debitor qarzdorlikni kamaytiriş bilan boğliq muammolar energiya ta'minoti sohasini yanada rivojlantiriş borasida belgilangan maqsad va vazifalarni izçillik bilan amalga oşirişga tösqinlik qilmoqda.
Şartnoma majburiyatlarini bajarmayotgan iste'molçilarga nisbatan ta'sirçan çoralar körilmayotgani, hisobga oliş va nazorat qilişning avtomatlaştirilgan tizimini joriy etiş işlarining oqsayotgani debitor qarzdorlikning keskin ortişi, talon-tarojliklar va iste'mol qilingan energiya resurslari uçun tölovlardan böyin tovlaş holatlariga olib kelmoqda.
Mavzuga oid
Masalan, 2016 yilda elektr va gaz tarmoqlariga özboşimçalik bilan ulaniş, hisobga oliş asboblariga şikast yetkaziş va ularning körsatkiçlarini özgartiriş kabi huquqbuzarliklar 2014 yilga nisbatan 48 foizga oşgan.
Şunga qaramasdan, mas'ul idoralar tomonidan bunday holatlarga nisbatan tegişli munosabat bildirilmagan.
Soha infratuzilmasini texnik jihatdan, şu jumladan, ilğor xorijiy tajriba va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda yangilaş yuzasidan qöyilgan vazifalarning bajarilmagani texnologik yöqotişlarning tobora ortişiga, energiya resurslarini yetkazişda surunkali uzilişlarga sabab bölib, oqibatda iqtisodiyot tarmoqlarini jadal rivojlantirişga tösqinlik qilmoqda.
Elektr va gaz ta'minoti korxonalari tomonidan iste'molçilarga xizmat körsatiş hamda tölovlarni amalga oşiriş uçun qulay şaroitlar yaratilmagan, zamonaviy elektron tölov tizimlari yetarli darajada joriy etilmagan, xizmat körsatiş madaniyati bugungi kun talablariga javob bermaydi.
Özbekiston Respublikasi prezidentining Xalq qabulxonalariga elektr va gaz ta'minoti masalalari böyiça kelib tuşgan 43 mingdan ortiq şikoyat ham bundan dalolat beradi.
Bundan taşqari, Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamenti (keyingi örinlarda Sud departamenti deb yuritiladi) faoliyatini taşkil etişda yuzaga kelgan jiddiy kamçiliklar fuqarolar, jamiyat va davlat manfaatlari himoya qilinişi hamda elektr energiyasi va tabiiy gaz uçun tölovlarning öz vaqtida undirilişini ta'minlaşga salbiy ta'sir körsatmoqda.
Sönggi yillarda uşbu tizimda iş hajmining sezilarli darajada ortgani, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etişdagi sustkaşliklar undiruvlarning pasayişiga hamda ijro işi yuritişni asossiz töxtatiş va tamomlaşga olib kelmoqda.
Sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarining amaldagi ijrosi 2016 yilda amalda atigi 45 foizga bajarilgani ham şundan dalolat beradi.
Şu bilan birga, körsatib ötilgan sohalarda suiiste'molçilik holatlariga çek qöyilmagan. Oqibatda 2016 yil va 2017 yilning birinçi çoragida «Özbekenergo» AJ hamda «Öztransgaz» AK tizimidagi 665 nafar, Sud departamentining 36 nafar xodimi jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Körsatib ötilgan muammolar, xato va kamçiliklar energiya resurslari uçun tölovlarni undiriş hamda ijro işi yuritiş tizimini tubdan takomillaştiriş böyiça keçiktirib bölmaydigan çoralar körişni taqozo etmoqda.
Bayon etilganlarga asosan hamda 2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasiga muvofiq, Farmonda elektr va gaz ta'minoti sohasida boşqaruv tizimi, nazorat qiliş hamda hisobga oliş mexanizmlarini yanada takomillaştirişga, tölov intizomini mustahkamlaş va javobgarlikni kuçaytirişga, şuningdek, ijro işi yuritişning samaradorligini oşirişga qaratilgan kompleks çora-tadbirlarni amalga oşiriş nazarda tutilmoqda.
Xususan, mazkur Farmon bilan:
1. Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzurida energiya resurslari uçun tölovlarning öz vaqtida va töliq undirilişiga, elektr va gaz taqsimlaş tarmoqlariga noqonuniy ulaniş hamda talon-taroj qiliş holatlarini aniqlaş, bartaraf etiş va oldini olişga, şuningdek, sud hujjatlarining sözsiz ijrosini ta'minlaşga mas'ul bölgan Majburiy ijro byurosi taşkil etildi.
Energiya resurslarini yetkazib beriş hamda iste'mol qiliş sohasidagi vazifalarni amalga oşirişda Majburiy ijro byurosiga quyidagi vakolatlar berildi:
energiya resurslari yetkazib berilişi va iste'molini hisobga olişning töliqligi hamda haqqoniyligi, ular uçun hisob-kitoblarning öz vaqtida amalga oşirilişi yuzasidan tekşirişlar ötkaziş;
yetkazib berilgan energiya resurslari uçun qarzdorlikni iste'molçilar — yuridik şaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning bank hisobraqamlaridan sözsiz undiriş;
yetkazib berilgan energiya resurslari uçun eng kam oylik iş haqining ikki baravaridan köp bölmagan miqdordagi qarzdorlikni iste'molçilarning iş haqidan uşlab qoliş töğrisida iş beruvçilarga talabnomalar yuboriş;
energiya resurslarini yetkazib beriş va foydalaniş sohasidagi qoidalarni buzganlik uçun yuridik şaxslarga belgilangan tartibda moliyaviy jarima qöllaş;
hisob-kitoblar öz vaqtida amalga oşirilmagan hollarda iste'molçilarni elektr va gaz tarmoqlaridan uziş;
energiya resurslaridan foydalaniş sohasidagi huquqbuzarliklar uçun aybdor şaxslarni javobgarlikka tortiş.
2. Sud departamenti tugatildi, «Özbekenergo» AJ va «Öztransgaz» AKning iste'molçilar bilan işlaş böyiça elektromontyor hamda tabiiy gazni hisobga oliş va realizatsiya qiliş böyiça nazoratçi ştat birliklari qisqartirildi.
Majburiy ijro byurosining davlat ijroçilariga — sud hujjatlari va boşqa organlarning hujjatlari ijrosini, davlat inspektorlariga esa — yetkazib berilgan energiya resurslari uçun tölovlarni öz vaqtida va töliq undirişni amalga oşiriş yuklatiladi.
«Özbekenergo» AJ va «Öztransgaz» AKda tuzilgan şartnomalarga asosan iste'molçilarni energiya resurslari bilan ta'minlaş, elektr va gaz taqsimlaş tarmoqlariga texnik xizmat körsatiş vazifa hamda funksiyalari saqlanib qolmoqda.
3. Özaro hisob-kitoblarni amalga oşiriş, şuningdek, energiya resurslari uçun qarzdorlik mavjud bölganda iste'molçilarni tarmoqdan uziş tartibi aniqlaştirildi. Unga muvofiq, 2017 yil 1 iyuldan boşlab iste'molçi — jismoniy şaxslar har oyning 10 sanasiga qadar ötgan oyda foydalanilgan energiya resurslari uçun töliq hisob-kitob qilişlari şart.
Yuridik şaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga energiya resurslari oldindan 100 foizlik haq tölaş asosida yetkazib beriladi.
Tölovlar öz vaqtida amalga oşirilmagan taqdirda iste'molçilar tarmoqdan majburiy uziladi, bunda qayta ulaş uçun jismoniy şaxslardan eng kam oylik iş haqining ikki barobari, yuridik şaxslardan eng kam oylik iş haqining ön barobari miqdorida tölov undiriladi.
Bundan taşqari, Farmonda elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanişni hisobga oliş va nazorat qilişning avtomatlaştirilgan tizimini hamda boşqa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etişga qaratilgan kompleks çora-tadbirlar nazarda tutildi.
Xususan, iste'molçilar bilan özaro hisob-kitoblarning holati haqidagi haqqoniy ma'lumotlarni beradigan va elektron tölov tizimlari bilan integratsiya qilingan Uy-joy kommunal, elektr va gaz ta'minoti xizmatlari körsatişning yagona billing tizimi taşkil etiladi.
Mazkur tizim iste'molçilarga qarzdorlik mavjudligi töğrisidagi ma'lumotlarni elektron şaklda oliş hamda tölovlarni amalga oşiriş imkonini beradi.
Şu bilan birga, Qarzdorlikni undiriş masalalari böyiça idoralararo elektron hamkorlikning yagona tizimi ham yaratiladi. Uşbu tizim jismoniy va yuridik şaxslarning mulkiy holati haqidagi ma'lumotlar bazasidan foydalangan holda qarzdorlikni undiriş samaradorligini oşiradi.
Farmon ijrosi doirasida manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan energiya resurslari iste'molçilari xatlovdan ötkaziladi. Bunda kadastr hamda loyiha hujjatlari, şartnomalar, tarmoqlarga ulaniş sxemalari, hisobga oliş asboblari va ularning sozligi örganilib, amaliy yordam körsatiş hamda uşbu sohada qonuniylikni ta'minlaş çoralari köriladi.
Jamiyatda energiya resurslaridan oqilona foydalaniş va hisob-kitoblarni öz vaqtida amalga oşiriş muhitini hamda energiya resurslarini talon-taroj qiliş holatlariga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş, şuningdek, energiya resurslaridan foydalaniş qoidalarini buzganlik uçun javobgarlikni kuçaytirişga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Şu munosabat bilan, Boş prokuraturaga energiya resurslarini yetkazib beriş, iste'mol qiliş va özaro hisob-kitoblarni amalga oşiriş sohasidagi huquqbuzarliklar uçun javobgarlikning muqarrarligi prinsipiga sözsiz rioya etilişi ustidan nazorat samaradorligini oşiriş böyiça aniq vazifalar yuklatildi.
Farmonda belgilangan çora-tadbirlarning samarali amalga oşirilişi — elektr energetika va gaz tarmoqlarini modernizatsiya qilişga, iste'molçilarni energiya resurslari bilan uzluksiz ta'minlaşga, mamlakat iqtisodiyotini, şu jumladan, tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirişga, sud qarorlari ijrosining samaradorligini, aholining turmuş darajasi va farovonligini oşirişga hamda jamiyatda qonuniylikni mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi