Yangi filtr sizning Google Photos, Gmail va boşqa Google ilovalaringiz böyiça qidiruv natijalarini körsatadi. "Layfxaker" şu haqida xabar berdi.
Bu qanday amalga oşadi: deylik, siz biror bir kiyim izlayapsiz, Google Photos bölimingizda şunday libos suratlari bölsa, qidiruv sizga şu suratlarni ham taqdim etadi. Şaxsiy materiallar umumiy suratlardan oldin, qidiruv tizimining old qatorlarida paydo böladi. View all Google Photos results'ga bosib, sizda uşbu mavzu böyiça qanday suratlar borligini köriş mumkin böladi.

Yangi funksiyadan foydalaniş uçun qidiruv satri ostidagi brauzerda "Yana" tugmasini izlang va undagi "Personal qidiruv"ni bosing. Bunday funksiya yangiliklar, rasmlar va videolar bilan bir qatorda paydo böladi.
Google'ning şaxsiy materiallaringizdan topgan suratlari faqat özingizga körinadi. Bu ma'lumot qolganlarga körinmaydi.

Yangi filtrdan desktop va mobil brauzerlarda foydalaniş mumkin, lekin u Google'ning Android ilovasida körinmaydi, çunki unda allaqaçon qurilmalardagi kontentlarni topişga möljallangan "Ilovalarda" nomli bölim bor.












