Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev «Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib beriş hamda iste'mol qiliş sohasida tölov intizomini yanada mustahkamlaş, şuningdek, ijro işi yuritiş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmonni imzoladi.
Farmon bilan Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzurida energiya resurslari uçun tölovlarning öz vaqtida va töliq undirilişiga, elektr va gaz taqsimlaş tarmoqlariga noqonuniy ulaniş hamda talon-toroj qiliş holatlarini aniqlaş, bartaraf etiş va oldini olişga, şuningdek, sud hujjatlarining sözsiz ijrosini ta'minlaşga mas'ul bölgan Majburiy ijro byurosi taşkil etildi. Unga energiya resurslari yetkazib berilişi va iste'molini hisobga olişning töliqligi hamda haqqoniyligi, ular uçun hisob-kitoblarning öz vaqtida amalga oşirilişi yuzasidan tekşirişlar ötkaziş;
yetkazib berilgan energiya resurslari uçun qarzdorlikni iste'molçilar – yuridik şaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning bank hisobraqamlaridan sözsiz undiriş;
yetkazib berilgan energiya resurslari uçun eng kam oylik iş haqining ikki baravaridan köp bölmagan miqdordagi qarzdorlikni iste'molçilarning iş haqidan uşlab qoliş töğrisida iş beruvçilarga talabnomalar yuboriş;
energiya resurslarini yetkazib beriş va foydalaniş sohasidagi qoidalarni buzganlik uçun yuridik şaxslarga belgilangan tartibda moliyaviy jarima qöllaş;
hisob-kitoblar öz vaqtida amalga oşirilmagan hollarda, iste'molçilarni elektr va gaz tarmoqlaridan uziş; energiya resurslaridan foydalaniş sohasidagi huquqbuzarliklar uçun aybdor şaxslarni javobgarlikka tortiş kabi vakolatlar berildi.
Tuzilma "Özbekenergo" va "Öztransgaz" vazifalarining bir qismini oldi. Işlarning bir qismi yangi byuroga ötkazilişi natijasida “Özbekenergo” AJning iste'molçilar bilan işlaş böyiça 6 562 ta elektromontyor ştat birliklari hamda “Öztransgaz” AKning tabiiy gazni hisobga oliş va realizatsiya qiliş böyiça 4 255 ta nazoratçi ştat birliklari qisqartiriladi.
Bundan taşqari, yangi taşkilot tuzilganligi tufayli Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamenti tugatiladi va uning 1 301 ta böşatilayotgan ştat birliklari Byuroga ötkaziladi.









