2017 yil 19 mayda Özbekiston Respublikasi prezidentining «Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib beriş hamda iste'mol qiliş sohasida tölov intizomini yanada mustahkamlaş, şuningdek, ijro işi yuritiş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni qabul qilindi. Farmon matni ÖzA saytida e'lon qilindi.
Özbekistonda gaz va elektr energiyasi uçun tölov qilişning yangi tartibi joriy etilmoqda
- iste'molçilar – jismoniy şaxslar har oyning 10 sanasiga qadar ötgan oyda iste'mol qilingan energiya resurslari uçun töliq hisob-kitob qilişlari şart;
- körsatilgan muddat ötgandan keyin qarzdorlik mavjud bölganda, iste'molçi — jismoniy şaxslar belgilangan tartibda elektr va gaz taqsimlaş tarmoqlaridan majburiy uziladi;
- mazkur bandning ikkinçi xatboşisida körsatilganlardan taşqari, iste'molçilarga energiya resurslarini yetkazib beriş 100 foizlik oldindan haq tölaş asosida amalga oşiriladi. Oldindan haq tölanmagan hollarda mazkur iste'molçilarga nisbatan elektr va gaz taqsimlaş tarmoqlaridan töliq uzişgaça bölgan çoralar köriladi;
- elektr va gaz tarmoqlaridan ilgari uzib qöyilgan şaxslarni qayta ulaşda iste'molçi — jismoniy şaxslardan eng kam oylik iş haqining 2 baravari miqdorida, iste'molçi — yuridik şaxslardan eng kam oylik iş haqining 10 baravari miqdorida tölov qayta ulaşni amalga oşirgan taşkilot hisobiga mablağlarni ötkaziş orqali undiriladi;
- iste'molçi energiya resurslari iste'molini hisobga oliş uskunalarining lozim darajada ekspluatatsiya qilinişi va sozligi uçun javobgar böladi;
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan röyxati har yili tasdiqlanadigan, yuqori likvidli va (yoki) eksportga yönaltirilgan mahsulotlarni işlab çiqaruvçi alohida toifadagi iste'molçilarga energiya resurslarini sotiş eksport narxidan past bölmagan bozor narxlarida amalga oşiriladi.













