Kuçaytirilgan xavfsizlik çoralari Rossiyaning futbol böyiça Konfederatsiyalar kubogi bahslari ötkaziladigan şaharlarida kiritiladi. Rossiya prezidentining farmoni 4 şaharni qamrab oladi.
 
Futbol musobaqasini ötkaziş bilan boğliq xavfsizlik çoralari RFga körsatilgan davrda, qanday maqsadda kelişidan qat'iy nazarda kirgan xorijiy fuqarolarga tegişli böladi.
 
Agarda sizning Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon yoki Soçiga taşrifingiz uşbu sanalarga töğri kelsa, nimani yodda tutiş kerak?
 
«Vaqtinçalik kirib kelgan (vaqtinçalik yoki doimiy yaşaş) xorijiy şaxslarni yaşaş joyi yoki qayerda töxtaşi böyiça hisobga oliş ular Rossiya qonunçiligida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etgan holda, töxtagan joyi yoki yaşaş joyiga kelgan kunidan boşlab bir sutka davomida amalga oşiriladi», - deyiladi hujjatda.
 
Eslatib ötamiz, oddiy tartibda xorijiy fuqarolarning migratsion hisobga qöyiş 7 sutka davomida amalga oşiriladi, agarda xorijiy fuqarolarning RFda böliş muddati 7 sutkadan kam bölsa, migratsion hisobga qöyiş talab etilmaydi.