Hillari Klinton o‘z mag‘lubiyatiga yana bir sababni aytdi, Tramp javob qaytardi

Foto: AP
AQSh prezidentlik lavozimiga sobiq nomzod Hillari Klintonning hisoblashicha, uning prezidentlik saylovlaridagi mag‘lubiyatiga ijtimoiy tarmoqlardagi yolg‘onlar sabab bo‘lgan. Reuters xabariga ko‘ra, u Kaliforniyadagi axborot texnologiyalariga bag‘ishlangan konferensiya vaqtida Facebook’da tarqalgan «yolg‘on xabarlar» uning mag‘lubiyatiga olib kelgani haqida gapirgan.
Klintonning qayd etishicha, prezidentlik kampaniyasida ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan yolg‘on ma'lumotlar muhim vazifalarni bajargan, bunday xabarlar Donald Tramp foydasiga ishlagan.
«Mening raqiblarim yolg‘on bilan to‘lib-toshgan kontentdan foydalanishdi. Men g‘alaba qozonishim haqida tarqatilgan taxminlar qurboniga aylandim», —degan Klinton.
Klinton u nomzodini qo‘ygan paytda demokratik partiya bankrotlik yoqasida bo‘lgani, respublikachilar partiyasi esa turli siyosiy loyihalarga investitsiya kiritishda ko‘proq muvaffaqiyat qozongani haqida qo‘shimcha qilgan.
Sobiq davlat kotibining bayonotiga uni saylovda mag‘lub etgan Tramp munosabat bildirgan. Uning fikricha, Klinton xonim o‘z muvaffaqiyatsizligini oqlamoqchi bo‘lmoqda. «Avvaldan rostgo‘y bo‘lmagan Hillari Klinton endi o‘zidan boshqa barchani ayblamoqda. U o‘zi juda no‘noq nomzod bo‘lganini tan olishni istamayapti», — degan Oq uy rahbari.
2 may kuni CNN telekanaliga bergan intervyusida Hillari Klinton o‘z mag‘lubiyatiga «FQB rahbari Jyeyms Komi va rossiyalik xakerlar» sababchi bo‘lishgani haqida aytgandi. Klintonning fikricha, aynan rossiyalik xakerlar Demokratik partiya serveriga hujum qilishgan. U saylov kampaniyasi rahbari Jon Podesta elektron pochtasi yozishmalarining oshkor etilishini ular zimmasiga yuklagan.
Uning taxmin qilishicha, Jyeyms Komining bu vaziyatdagi roli Kongressga FQB Klintonga qarshi uning elektron yozishmalari bo‘yicha tekshiruv olib borilayotganini ochiq ma'lum qilganida. Klintonning so‘zlariga qaraganda, FQB rahbari Jyeyms Komining u AQSh davlat kotibi ekanligidagi yozishmalari yuzasidan yangi surishtiruv o‘tkazish haqidagi 28 oktabr kungi kongressga maktubi mag‘lubiyatning ikkinchi sababidir.
«Jyeyms Komining 28 oktabrdagi maktubi va Rossiya WikiLeaks harakatlarisiz g‘alaba qozongan bo‘lardim. Ular men uchun ovoz berishga tayyor bo‘lgan ko‘plab kishilar ongida shubha uyg‘otdi, oqibatda ular cho‘chib qoldi. Agar saylovlar 27 oktabr kuni bo‘lib o‘tganda, men sizning prezidentingiz bo‘lardim», — degandi Klinton.
U FQB sobiq direktori (Jyeyms Komi) o‘g‘irlangan maktublar bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan mamnuniyat bilan bayonotlar berish bilan bir qatorda, Tramp jamoasi va Moskva o‘rtasidagi kelishuv ehtimoli yuzasidan surishtiruv olib borishga bu kabi e'tibor qaratmaganligini ta'kidlab o‘tdi.
U tekshirilmagan ma'lumotlarni chop etgani uchun nashrlarni ham tanqid qilgan. Shuningdek, saylovchilar ayol kishi Qo‘shma Shtatlar prezidenti bo‘lishini qabul qila olmagani ham natijaga ta'sir ko‘rsatgani haqida aytib o‘tgan.
WikiLeaks o‘tgan yilning 21 oktabrida Klinton shtabi rahbari Jon Podestaning maktublarini e'lon qila boshladi. Bu AQShdagi saylovlarga 2 hafta qolganida ro‘y berdi. AQSh maxsus xizmatlari bu hujum uchun javobgarlikni Rossiya zimmasiga yuklab, bu davlatni saylovlarga aralashishda aybladi.
Tavsiya etamiz
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Cho‘ksang kattaroq dengizda cho‘k». Gulerning onasi, Madriddagi sarguzashtlari va zilziladan omon qolgan muxlisi haqidagi hikoyasi
Sport | 19:12
-
AQShda 2 yoshli bola 15-qavatdan tushib ketib, omon qoldi
Jahon | 19:00
-
Ispaniyada yuzlab boshpanasizlar aeroportni «egallab oldi»
Jahon | 18:21
-
Rossiya qo‘shini urush boshidan beri bir hujumda rekord darajadagi dronlarni uchirdi
Jahon | 17:25
Mavzuga oid

08:40 / 26.03.2025
Rossiyada Instagram va Facebookʼda reklama joylash taqiqlandi

12:02 / 09.01.2025
«Xavf bo‘lmay turganda erkinlikni qo‘llab-quvvatlayman, deyish oson» - Durov Tsukerbergning bayonoti haqida

20:42 / 17.12.2024
Irlandiya regulyatori Meta kompaniyasini 251 mln yevro jarimaga tortdi

19:05 / 12.12.2024