"Real Madrid" himoyaçisi Serxio Ramos "Yuventus"ga qarşi keçadigan Çempionlar Ligasi final öyinida uni 20 nafarga yaqin odam qöllab-quvvatlaşini aytdi. 

"Kardiffga meni qöllab-quvvatlaş uçun deyarli 20 nafarça odam keladi. Men Xerard Pikega ham taklif yubordim, biroq u javob bermadi. 

Çempionlar Ligasi final öyinidan oldingi kunlarni ukam, turmuş örtoğim va farzandim bilan birga uyda ötkazaman. Men bor e'tiborimni "Yuventus"ga qarşi öyinga qaratmoqçiman. Menda uyqu bilan muammo yöq – tinç va qattiq uxladim", – dedi Ramos. 

Jamoalar örtasidagi final öyini 3 iyun kuni Toşkent vaqti bilan 23:45da bölib ötadi.