Özbekistonni yangilaş va modernizatsiya qilişning bugungi yangi bosqiçida madaniyat va san'atning hayotimizdagi örni va ahamiyatini oşiriş, yoş avlodimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ona yurtga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalaş maqsadida:

1. Özbekiston Respublikasida madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantiriş va takomillaştiriş böyiça 2017-2021 yillarga möljallangan çora-tadbirlar dasturi (keyingi örinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Dasturning asosiy yönalişlari etib belgilangan quyidagi vazifalar ijro uçun qabul qilinsin:

- madaniyat va san'at muassasalari faoliyatini taşkil etiş va samaradorligini oşiriş borasidagi qonunçilikni takomillaştiriş. Jumladan, muzeylar va teatrlar faoliyatini takomillaştiriş hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlaşga qaratilgan kompleks çora-tadbirlar işlab çiqiş. Moddiy madaniy meros va arxeologiya obektlarini muhofaza qiliş va ulardan samarali foydalaniş mexanizmlarini yanada takomillaştiriş;

- madaniyat va san'at muassasalari, teatrlar, muzeylar, badiiy jamoalar, madaniyat va aholi dam oliş maskanlari, madaniyat va istirohat boğlari faoliyati, moddiy-texnik bazasi holatini atrofliça örganiş, ularni ta'mirlaş va zarur jihozlar, musiqa asboblari bilan ta'minlaş, samarali ijodiy faoliyat uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş. Özbek milliy raqs va xoreografiya san'atini yanada rivojlantiriş, madaniyat va san'at rivojiga katta hissa qöşgan taniqli san'atkorlar, jahon miqyosidagi nufuzli körik-tanlovlarda yuqori örinlarni egallagan yoşlarni moddiy qöllab-quvvatlaş;

- yoşlarni san'at maskanlariga, xususan, teatr va muzeylar, konsert tomoşalariga muntazam jalb etiş, özbek va jahon madaniyatining eng sara namunalaridan bahramand etiş orqali ularning ma'naviy-axloqiy, estetik didi va madaniy darajasini yanada yuksaltiriş. Madaniyat va istirohat boğlari hududida “Nuroniylar maskan”larini taşkil etib, faxriylarning madaniy dam olişlari uçun zarur şaroitlar yaratiş;

- “Seni kuylaymiz, zamondoş!”, “Debyut” kabi teatr san'ati körik-festivallari samaradorligini oşiriş orqali buyuk siymolar, zamonamiz qahramonlari obrazi, bugungi kunda yurtimizda amalga oşirilayotgan ulkan bunyodkorlik işlarini aks ettirgan, badiiy yuksak sahna asarlarini yaratiş. “Bahor nafasi” xalqaro san'at festivali, “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali, “Yoşlik bahori” respublika yoş opera ijroçilari festivali singari tadbirlar, turli xalq sayllarini taşkil etib, ularga xorijiy sayyohlarni keng jalb etiş;

- madaniyat va san'at yönalişidagi ta'lim muassasalarining malakali kadrlar va mutaxassislarga bölgan talab va ehtiyojlarini örganiş, bu borada kadrlar tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşirişning samarali tizimini yaratiş, zamonaviy ilğor tajribalardan foydalaniş, dunyoning maşhur musiqaçilari, bastakorlari iştirokida ijodiy uçraşuvlar, mahorat darslari taşkil etiş, madaniyat va san'at yönalişidagi ta'lim muassasalarini öquv dasturlari va notalar, öquv qöllanma va darsliklar, ilmiy-metodik adabiyotlar bilan ta'minlaş;