Tahririyatimizga Saidahmad Möminov nomidan Zangiota tumani, «Turkiston» QFY, A.Ikromov massivi 37-namunaviy uy qurilişining borişidagi kamçiliklar haqida iztirobli maktub kelib tuşdi. Albatta, suratlarga qarab, banklarning va şu uyni xarid qilgan insonning sarflagan mablağlariga içingiz açiydi.

«Men 2015 yil 23 iyulda Zangiota tumani, Turkiston QFY, A.Ikromov massivida qurilişi rejalaştirilgan namunaviy uy uçun boşlanğiç tölov amalga oşirganman. Bu massivda uçta pudratçi firma qurilişda iştirok etib, ikkita firma 2016 yil noyabrlarida uylarni egalariga topşirişdi, ayrimlari köçib ham kirişgan. Bizning uylarni qurayotgan pudratçi «Rangli Olam» firmasi quriliş işlari esa hanuzgaça tugallanmayapti, quriliş esa mutlaqo sifatsiz va juda köp joylarida tasdiqlangan loyihadan çetlaşiş, quriliş materiallaridan urib qoliş holatlari mavjud», — deb boşlaydi S.Möminov öz maktubini.

Deyarli bir yildan beri bank tölovlarini keçiktirmay, öz vaqtida tölab kelaman. Pudratçi hazm qilib yuborayotgan bu pullarni men hali yana 15 yil mobaynida maoşimdan, oilamning rizqidan orttirib tölaşim kerak böladi.

Quyida qurilişdagi ayrim kamçiliklar keltirilgan:

  • Poydevor «yostiqçasi» enidan 5–6 sm, böyidan 4–5 sm urilgan joylari bor. «Ham böyidan, ham enidan urdi» deganlari şu bölsa kerak. Ustunda loyihaga köra 16 mm diametrlik armaturalari foydalanişi belgilab qöyilgan bölsa-da, «yostiqçadan» 12 mmlik armatura çiqarilgan. Lentali poydevorga karkasli armatura töqiş örniga setkali taşlangan. 30 sm qalinlikdagi «yostiqça» örniga 25–26 sm quyilgan.

Ğişt teriş qonun qoidalariga umuman rioya qilinmagan. Qinğir-qiyşiq terilgan. Devorning bir burçagi, Piza minorasiga öxşab, yuqoridan, yonga 12 sm oğgan.

Loyihada 24 ta tom yopiş plitasi belgilangan, pudratçi 22 ta plita qöygan. Plitalar orasi beton aralaşmasi bilan töldirilmagan.