Insoniyat ikki ming yildan buyon Yer atmosferasini katta miqdordagi qörğoşin va boşqa zaharli moddalar bilan ifloslantirib keladi. GeoHealth jurnalida şu mavzudagi maqola taqdim etildi. 

"Olingan ma'lumotlarga köra, insonlar ikki ming yildan beri Yer havosini uzluksiz ifloslantirib keladi. Insonlar sonining keskin kamayişi va kasalliklar bilan boğliq iqtisodiy kollapslarning öziyoq ifloslik darajasini bugun "tabiiy" hisoblanuvçi darajaga keltirgan", - deydi Harvard universiteti olimi Aleksandr Mor. 

Sönggi yillarda olimlar sanoat davri boşlangunga qadar inson faoliyati va Yer aholisi sonining ösişi iqlim va ekologiyaga qanday ta'sir qilganligiga faol qiziqiş bildirişmoqda. 

Asli tarixçi olim Mor insoniyatning tabiatni qörğoşin va boşqa oğir metallar bilan ifloslantiriş tendensiyasiga qiziqdi. Olimning sözlariga köra, qadimgi rimliklar va boşqa köp xalqlar idiş-tovoq, quvurlar va boşqa uy anjomlarini tayyorlaşda qörğoşindan foydalanişgan. Olimlar qanday qilib bu jarayon öşa davrda Yevropa ekologiyasiga ta'sir körsatişi mumkinligiga qiziqib qolişdi. 

Uşbu savolga javob topiş uçun Mor va uning hamkasblari, şu jumladan paleoklimatolog va geologlar sönggi ikki ming yilda şakllangan ulkan muz qatlamlari bölgan Italiya va Şveytsariya Alplariga yöl olişdi. 

Olimlar muz namunalarini töplab, qanday qilib sivilizatsiya rivoji, Rim imperiyasining qudrati va qulaşi ifloslik darajasiga ta'sir qilişi mumkinligini tuşunişga urinib, ulardagi qörğoşin konsentratsiyasini ölçaşdi.

Yevropa atmosferasining ifloslik darajasi sönggi ikki ming yil davomida juda yuqori bölgani ularni taajjubga soldi. Ora-orada, ya'ni qörğoşin konsentratsiyasi "tabiiy"ga yaqin bölgan vaqtlarda kiçik özgarişlar kuzatilgan. Bunday keskin özgarişlar, olimlarning fikriça, muhim tarixiy hodisalar bilan boğliq bölgan. 

Ularning eng yirigi maşhur "qora ajal", 1349-1353 yillardagi Yevropadagi eng kuçli ölat epidemiyasiga boğliq bölgan. Ma'lumotlarga köra, öşanda aholining uçdan bir qismi halokatga yöliqqani bois qörğoşin işlab çiqariş bir neça yilga butkul töxtatilgan.