Rossiya prezidenti Vladimir Putin jahon iqtisodiyoti oldida uzoq muddatli işlar köpligi, ularning "geosiyosiy öyinlar" va "fitnalar"ga örin qoldirmasligini aytdi. Bu haqida Putinning "Peterburg xalqaro iqtisodiyot forumi-2017"dagi sözlariga asoslanib, RBK naşri xabar berdi.
Rossiya prezidenti butun dunyo "katta tsivilizatsion çaqiriqlar"ga töqnaş kelayotgani, inson faoliyati va tabiiy jarayonlar natijasida "sayyora ekotizimiga oğirlik tuşayotgani"ni ta'kidladi.
Uning sözlariga köra, yangi texnologiyalar hayot tarzini özgartiriş va yangi kasblarni şakllantiriş bilan birga yangi tahdidlarni ham yuzaga keltirmoqda. Putin bu muammolarning barçasi çuqur örganiş va turli mamlakatlarning hamjihatlikdagi xatti-harakatlarini talab qiladi, deb hisoblaydi.
"Biz fitnalar, ziddiyatlar, geosiyosiy öyinlarga kuç va vaqtimizni sarflaşimiz kerak emas, bunga haqqimiz ham yöq", - dedi RF prezidenti.
Uning aytişiça, dunyodagi muammolarni hal qiliş uçun "donolik", nostandart qarorlar hamda mamlakatlararo hamkorlikning yangi formatlarini birgalikda qidiriş kerak böladi.
"Faqat birgalikda, kuçlarni birlaştiribgina hozirgi nomuvofiqlikni yengib ötiş va jahon iqtisodiyotining barqaror ösişini ta'minlaş, savdo va haqqoniy raqobatning adolatli qonunlarini işlab çiqiş, qaşşoqlik darajasini pasaytiriş, terrorizm, mintaqaviy mojarolar, millatçilik va ksenofobiyaning tarqalişiga qarşi kuraşiş mumkin", - dedi Putin.
Bu muammolarni hal qiliş uçun Rossiya BMT va JSST salohiyatidan faolroq foydalanişni, şuningdek Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi maydonida maxsus yoşlar seksiyasini yaratişni taklif qildi.








