Çempionlar Ligasining yakunlangan 2016/17 yillardagi mavsumi musobaqa tarixidagi eng sermahsuli böldi.
Örtaça hisobda klublar bir öyinda 3,04 ta gol (125 ta öyinda 380 ta gol) urişdi va 2012/13 yillarda qayd qilingan rekord natijani yangilaşdi. Öşa mavsumda bir öyinda 2,94 ta gol urilgan.
Joriy Çempionlar Ligasi finalida "Real" "Yuventus"ni 4:1 hisobida mağlub etdi. Madridliklar hujumçisi Kriştianu Ronaldu ketma-ket 5-marotaba va öz faoliyatida 6-marotaba musobaqaning eng yaxşi töpurari böldi. Joriy mavsumda portugaliyalik futbolçi Yevropaning klublararo boş musobaqasida 12ta gol urişga muvaffaq böldi. U şuningdek, 105ta gol bilan Çempionlar Ligasi tarixidagi eng yaxşi töpurar bölib turibdi.












