2016 yilning yanvaridan buyon «Real»ni boşqarib kelayotgan Zinedin Zidan murabbiy sifatida jamoa uçun barça işni qildi va u bilan şartnomani uzaytiriş borasida heç qanday muammo bölmaydi. Madridliklar jamoasi prezidenti Florentino Peres şunday degan.
«Real» şanba oqşomida Kardiffda ötkazilgan «Yuventus»ga qarşi YeÇL finalida 4:1 hisobida ğalaba qozondi. Zidan va jamoa turnir qayta nomlangan 1991 yildan buyon Yevropadagi boş kubokka qatorasiga ikki mavsumda ega çiqqan ilk klubga aylandi.
Bundan taşqari, «Real» yakunlangan mavsumda Ispaniya çempioni bölgandi.
«Zidan - «madridistalar» minnatdor bölişi mumkin bölgan barça işlarni qildi. U 17 oy içida heç kim qila olmagan işlarni uddaladi. U «Real»da qolişiga işonçi komil emasligini aytganmidi? U bosim ostida bölmaslik uçun şunday degan. U hali heç narsa yutmaganini ham aytgandi, mana yutdi. Biz Zizu bilan şartnoma böyiça gaplaşamiz, bu borada heç qanday muammo bölmaydi. Menga qolsa, uni abadiyga jamoada qoldirardim», - deya Peresning sözlarini keltirgan Football Espana.
Zidanning «Real» bilan amaldagi şartnomasi 2018 yil yoziga qadar tuzilgan.












