Qatar arab davlatlari bilan diplomatik munosabatlar uzilişi bilan boğliq muammoni hal etişda vositaçilik qilişni sörab, AQŞ yoki Rossiya davlatlaridan biriga murojaat qilişi lozim. Saudiyalik strategik tahlilçi Anvar Aşki RIA "Novosti"ga şunday fikrni bildirdi. 

Duşanba, 5 iyun kuni Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr Qatar bilan diplomatik munosabatlarni uzganini e'lon qildi. Şu bilan mazkur davlatga dengiz va aviaqatnovlar bekor qilindi. Bunga sabab sifatida rasmiy Doxaning terrorçilik taşkilotlarini qöllab-quvvatlayotgani körsatilmoqda. Keyinroq, bu davlatlar safiga Yaman va Liviya ham qöşildi. 

"Qatar hukumatining ikki yöli bor. Qatar vositaçilik qilişni sörab, AQŞga yoki Rossiyaga murojaat qilişi, ulardan biri arab mamlakatlari va Fors körfazi davlatlariga Qatarning terrorizmni qöllab-quvvatlamasligi böyiça kafolat beradi. Öylaşimça, arab va Islom mamlakatlari uşbu ikki buyuk davlatlarning birortasi taklif qilgan vositaçilikni rad etmaydi", — degan Aşki.

Uning qayd etişiça, Qatar "terrorçilik taşkilotlari röyxatiga kiritilgan guruhlarni qöllab-quvvatlaş bilan arab va Islom mamlakatlarida vaziyatni izdan çiqarişga urinmoqda". "Bevosita yöl bilan emas, balki uyuşmalar va taşkilotlar orqali şunday yöl tutmoqda. Yamanda isyonçi husiylar bian şu holat kuzatilmoqda", — deydi saudiyalik ekspert. 

Qatar va uning mintaqadagi qöşnilari bilan kelişmovçiligi Ar-Riyodda AQŞ va arab hamda Islom davlatlari sammitidan bir hafta ötgaç yuz berdi. Qatar yangiliklar agentligi mamlakt amirining Eron bilan munosabatlarni yölga qöyiş yuzasidan bildirgan fikrlarini e'lon qilganidan söng, şu holat röy berdi. Saudiya Arabistoni poytaxtida bölib ötgan anjumanda podşohlik barça mehmonlar nomidan Eronning duşmanona siyosatini qoralab, javob çoralari bilan tahdid qilgan edi. Keyinçalik, Qatar TIV rasmiy vakili agentlik sayti buzilgani va e'lon qilingan nutqning Qatar amiriga daxli yöqligini ta'kidlab bayonot berdi. 

Biroq, Saudiya Arabistoni, BAA va Bahrayn bu raddiyani işonçsiz deb topdi hamda Eron bilan munosabatlarni yaxşilaş sözlari aynan amirga tegişli ekanini ta'kidlaşmoqda. BAA taşqi işlar böyiça davlat vaziri Anvar Qarqaş esa, Qatarga murojaat qilib, qöşnilar bilan munosabatlarni tiklaş uçun avvalgi xatolarni qaytarmaslikka çaqirdi.