Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2022 yilgi JCh Qatarda o‘tkazilishi gumon ostida qolmoqda
Futbol bo‘yicha 2022 yilgi Jahon chempionati Qatarda o‘tkazilishi bu davlatning Fors ko‘rfazidagi boshqa davlatlar bilan diplomatik aloqalari uzilayotgani tufayli shubha ostida qolmoqda.
Ayni vaqtga kelib 8ta mamlakat - Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn, Misr, Liviya, Yaman, Maldiv va Mavrikiy Doha bilan diplomatik aloqalarni to‘xtatdi. Bunga ushbu davlatlar Qatarni terrorizm bilan hamkorlik qilishda ayblagani sabab bo‘ldi.
Ayni vaqtda Qatar bilan bu davlatlar o‘rtasidagi marshrutlar to‘xtagan.
Saudiya Arabistoni, BAA va Bahrayn Dohaga o‘z hududidagi dengiz portlari va aeroportlardan foydalanishni taqiqlagan.
Qatar barcha ayblovlarni inkor etmoqda.
Hozircha Qatar-2022 tashkiliy qo‘mitasi rasmiy munosabat bildirmadi.
Germaniya futbol ittifoqi prezidenti Raynxard Grindel futbol jamoatchiligi bunday darajadagi ulkan turnir terrorizmni faol qo‘llab-quvvatlovchi davlatda o‘tkazilmasligi kerak deb hisoblashini ma'lum qilgan.
Qolaversa, Qatar bundan keyin boshlanadigan iqtisodiy qiyinchiliklar, qo‘shni chegaralar bilan chegaralar yopilishi ortidan chempionatga tayyorgarlik ko‘ra olmasligi, qurilish materiallari va ishchi kuchi yetishmasligi tufayli kerakli stadionlar hamda boshqa infratuzilmalarni vaqtida qurib bitira olmasligi mumkin.
Mavzuga oid
11:22 / 23.03.2026
Qatarda harbiy vertolyot halokati: yetti kishi vafot etdi
20:13 / 19.03.2026
Isroil dunyodagi eng yirik gaz koniga zarba berdi. Gaz narxi ko‘tarilib ketdi
22:38 / 17.03.2026
Finalissima-2026 bekor qilindi: Ispaniya – Argentina o‘yini o‘tkazilmaydi
19:08 / 14.03.2026