Xitoyning Çjetszyan provinsiyasi politsiyasi Apple mahsulotlarini tarqatiş bilan şuğullanuvçi 22 nafar kompaniya xodimini qölga oldi. Ular 7,3 million dollarlik qiymatdagi foydalanuvçilar ma'lumotlarini sotişda ayblanmoqda.

Politsiya ma'lumotlariga köra, yovuz niyatli kimsalar şaxsiy ma'lumotlarga kiriş uçun kompaniyaning içki bazasidan foydalanişgan. Şundan söng ular telefon nomerlari, foydalanuvçilarning ismi şarifi va Apple ID'larini yuklab, qora bozorda sotişgan. 

Xodimlar bir ma'lumotning özidan 2 dollardan 25 dollargaça pul işlaşgan, ötgan vaqt içida esa sotuvlardan 7,3 million dollar tuşgan. Tört oyça davom etgan tergov yakunlariga köra, gumondorlar şaxsiy hayotga aralaşiş va şaxsiy ma'lumotlarga noqonuniy kirişda ayblangan.

Ularning qilmişidan Apple'ning qança foydalanuvçisi jabrlangani noma'lum. Kompaniya bu borada hozirça heç qanday izoh bermadi. Engadget naşriga köra, jabrlanganlar faqatgina Xitoy fuqarolari emas...