JÇ—2018 saralaş bosqiçida V guruhda 8-tur uçraşuvlari boşlandi.
Bugun Avstraliya öz maydonida Saudiya Arabistonini qabul qildi. Uçraşuvda mezbonlar qiyinçilik bilan 3:2 hisobidagi ğalabaga erişdi.
Mezbonlar öyinning 7-daqiqasidayoq hisobni oçişga erişdilar, gol muallifi – Tomi Yuriç. «Sokkeruzlar»ning quvonçi uzoqqa çözilmadi, birinçi bölim örtalarida Salim Al-Dosari muvozanatni tiklovçi gol muallifiga aylandi.
36-daqiqada mezbonlarning tezkor hujumlari öz samarasini berdi, öng qanotdan uzatib berilgan töpga Yuriç boşi bilan zarba berdi va uni darvozaga joylab qöydi - 2:1.
Hakam tomonidan birinçi bölimga qöşib berilgan daqiqalarning sönggisida saudiyaliklar hujumçisi Muhammad al-Şahlaviy raqib jarima maydonçasi içida paydo böldi va töpni töxtatib ötirmay darvoza tomon çiroyli zarba yölladi, hisob ikkinçi marta tenglaşdi - 2:2.
Uçraşuvning ikkinçi bölimi Avstraliyaning ketma-ket hujumlari bilan boşlandi va bu 64-daqiqada öz samarasini berdi. Maydon markazida mehmonlar xatoga yöl qöyişdi, bundan foydalangan mezbonlar zudlik bilan qarşi hujumga ötişdi. Tom Rogiç jarima maydoni taşqarisidan kuçli zarba berdi va töpni darvozaga joyladi. Şu hisob öyin sönggiga qadar saqlanib qoldi.
Endilikda V guruhida uçta terma jamoada bir xil - 16tadan oçko bor. 7ta öyin ötkazgan Yaponiya töplar nisbatiga ham köra birinçi örinda (14-5). Saudiya Arabistoni ikkinçi (15-8), Avstraliya uçinçi (14-8).
JÇ-2018 saralaşi, Osiyo qit'asi
Avstraliya - Saudiya Arabistoni — 3:2
Gollar: 1:0 – 7, Yuriç, 1:1 – 23, Al-Dosari, 2:1 – 36, Yuriç, 2:2 – 45(+2), Al-Şahlavi, 3:2 – 64, Rogiç.
Avstraliya: Rayan, Smit (Bexiç, 46), Seynsberi, Makgouen, Degenek, Muy, Rogiç, Irvayn (Kruz, 63), Yedinak, Lekki, Yuriç (Luongo, 85).
Saudiya Arabistoni: Al-Musaylim, Xavsaviy, Xavsaviy, Al-Burayk, Al-Zori, Al-Xaybari (Otayf, 68), Al-Faraj, Al-Jassim, Al-Şahri (Asiri, 82), Al-Dosari (Al-Muoşar, 82), Al-Şahlavi.












