Londondagi auksionda 10 funtga sotib olingan brilliant közli uzuk 657 ming funtga (847 ming dollar) sotildi.
Savdolargaça narx belgilovçilar zargarlik buyumi 350 ming funtga (452 ming dollar) sotiladi, deb taxmin qilgandilar. Lekin Sotheby's auksionidagi savdo vaqtida uzukning narxi taxmin qilingandan ikki barobarga oşib ketdi.
Uzukning egasi uni Londonning Xaunslou tumanidagi Ğarbiy Midlseks kasalxonasi yonidan tovarlarni arzon narxda sotiş vaqtida xarid qligan. U köp yillar davomida uzukni oddiy bijuteriya deb hisoblab, uni 26 qirotli brilliant bilan bezalganidan bexabar holda taqib yurgan.
Sotheby’ auksion uyi uzukda 26,27 qirotli brilliant borligini bilib uni sotib berişga qaror qilgan. Uzukdagi toşning haqiqiyligini Amerika Gemmotologiya instituti tasdiqlab, bunga şubha qoldirmadi.
Auktsion taşkilotçilari uni 350 ming funtga sotişni möljallagan edilar. Lekin uzukning yakuniy narxi ularni va endilikda uning sobiq egasini xursand qilib yubordi.
Uzukning sobiq egasi undagi toş heç qanday qiymatga ega emas va u XIX asrda şişadan kesib olingan, deb öylagan. Biroq "Tenner" nomli bu uzukning tarixi noma'lumligiça qoldi. Balki uzuk tarixini uning yangi egasi bilişga muvaffaq bölar.








