2017-yilning 5 iyul kuni Toşkent vaqti bilan soat 14.00 dan 16.00 ga qadar taşqi işlar vaziri Abdulaziz Kamilov Özbekistondagi va xorijdagi hamyurtlar bilan uçraşuv ötkazadi va ularning savollariga javob beradi. Bu haqida TIV saytida xabar berildi.

Videokonferensiya şaklida bölib ötadigan tadbirda Özbekistonning xorijdagi elçixonalari va boş konsulxonalari rahbarlari iştirok etadi.

Muloqot doirasida Özbekiston va çet el ommaviy axborot vositalari vakillari qarşisida vatandoşlarimizning TIV faoliyati bilan boğliq dolzarb muammolari körib çiqiladi.

Taşqi işlar vazirligiga töğridan töğri murojaat qiliş imkoniga ega bölmagan Özbekiston fuqarolari matn, audio va video körinişdagi savollarini Vazirning virtual qabulxonasiga, [email protected] rasmiy elektron manziliga, şuningdek, TIVning “Facebook”dagi rasmiy sahifasi va “Telegram”dagi kanalga oldindan jönatişlari mumkin.

Şu örinda ma'lum qilamizki, anonim xatlar, odobsizlik mazmunidagi murojaatlar (uyatsiz yoxud haqoratli iboralar, mantiq va ma'nosi bölmagan takliflar va boşqalar), murojaat matnida tuşunarsiz qisqartirişlar mavjud bölgan, tarkibida aniq arizalar, şikoyatlar yoki takliflar bölmagan murojatlar körib çiqilmaydi.

Murojaatlar uşbu e'lon çop etilgan vaqtdan tadbir yakunlanganiga qadar – 2017 yilning 5 iyul kuni Toşkent vaqti bilan soat 16.00 gaça qabul qilinadi.