Germaniyaning «Şalke-04» klubi rahbariyati Markus Vayntsirlyani boş murabbiylikdan iste'foga çiqargan. Bu haqda Bild xabar tarqatgan.
Xabarda aytilişiça, rahbariyat muvaffaqiyatsiz mavsumdan keyin şunday qarorga kelgan. Bu haqda kun oxiriga qadar rasman ma'lum qilinişi kutilmoqda.
2016/17 yilgi mavsumni «Şalke-04» 43 oçko töplagan holda Bundesliganing 10-örnida yakunladi. Klub mavsum startida 5ta ketma-ket mağlubiyat qayd etgan, öşanda jamoa boş murabbiyi ukrainalik Viktor Anatoleviç Skripnik edi.
4 iyun kuni ukrainalik futbolçi Yevgeniy Konoplyanka Vayntsirlyani qörqoq deb atagandi, şundan keyin «Şalke» rahbariyati ukrainalik futbolçiga nisbatan jarima qölladi.












