«Rostov» hujumçisi Eldor Şomurodov «Şalke-04» qiziqiş doirasida bölib turibdi, deb xabar tarqatdi Federal yangiliklar agentligi.

Manbaga köra, Bundesliga klubi özbekistonlik futbolçini ma'lum vaqtdan buyon kuzatib kelmoqda, ammo hozirça «Rostov»ga taklif bilan çiqmagan.

«Ular öyinçini 5,5 mln yevroga baholaşyapti. Tomonlar qişki transfer oynasida muzokaraga kirişişi ehtimoldan xoli emas», – deyiladi xabarda.

Qayd etiş joiz, rus matbuotida Şomurodovga Moskvaning «Lokomotiv» va SSKA klublari, şuningdek «Krasnodar» va Turkiyaning «Galatasaroy» jamoalari ham befarq emasligi haqida xabarlar tarqalgan.

24 yoşli hujumçi Rossiya çempionatida yangi mavsum kaşfiyotlaridan biri sifatida körilmoqda. U ortda qolgan 7ta turning barçasida asosiy tarkibda maydonga tuşib, 5ta gol va 1ta golli uzatma muallifi böldi va bu natija bilan töpurarlar röyxatida ikkinçi örinda bormoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq rostovliklar klubi boş murabbiyi Şomurodov «RPL grandiga ötganidan köra Yevropaga ketgani yaxşiroq» deb ta'kidlagan edi.