Hindistonning Newsnation.in naşri 5 iyun kuni çop etilgan maqolasida joriy yilning aprelida Zahiriddin Muhammad Boburning Hindistondagi hayoti, uning Buyuk möğullar sulolasi asosçisi sifatidagi merosi, şuningdek öşa davrdagi Özbekiston va Hindistonning tarixiy-madaniy aloqalariga oid ma'lumotlarni töplaş maqsadida Özbekistondan bir guruh tadqiqotçilar taşrif buyurgani aytiladi. Tadqiqot butun dunyodan Özbekiston haqidagi tarixiy ma'lumotlarni töplaş va rasmiylaştirişga yönaltirilgan "Özbekistonning madaniy merosi jahon badiiy kolleksiyalarida" loyihasi doirasida amalga oşiriladi.

Hindiston Madaniyat vazirligi qoşidagi Milliy muzeyi direktori B.Manining sözlariga köra, özbekistonlik ekspertlar Bobur va uning avlodlariga tegişli qimmatli ma'lumotlarni özida jamlagan tarixiy hujjatlariga katta qiziqiş bildirişmoqda. Ayniqsa Özbekistonda yozilgan va sovğa tariqasida möğul hukumdorlariga taqdim etilgan Muqaddas Qur'on qölyozmasi hamda Boburning hayotiga bağişlangan "Boburnoma"ning turkiy tildagi 15 nusxasi alohida ahamiyatga ega. Hindiston tomon ekspertlarning faoliyatida yordam körsatişga tayyorligini bildirgan. Loyiha koordinatori A.Zibkinning sözlariga köra, bu yönalişdagi iş endigina boşlangan, olingan natijalarga qarab Hindistonda bir yoki ikki albom yaratiş rejalaştirilmoqda. 

Özbekistonda Bobur davlat miqyosida buyuk tarixiy arbob sifatida e'zozlanib keladigan bir vaqtda Hindiston tadqiqiy doiralarida uning roli va bu mamlakat tarixiga qöşgan hissasiga oid bahslar davom etmoqda. Öng nigoh tarafdorlari Bobur va boşqa möğul hukmdorlarini Hindistonni tor-mor keltirgan "bosqinçilar" sifatida körişadi. "Bxaratiya janata" ultraöng hind partiyasining madaniyat va san'at bölimi vakili Moxan Yadayning sözlariga köra, Ayodxedagi Ram ibodatxonasini aynan möğullar buzişgan. 

Bu partiya Hindistondagi möğullar sulolasi vakillari şarafiga nomlangan köçalar nomini özgartiriş taşabbusini ilgari surmoqda. Ularning taşabbusi bilan 2015 yilda Dehlidagi Aurangzeb nomidagi markaziy köça Hindistonning sobiq prezidenti A.Kalam şarafiga qayta nomlandi. Şu bilan birga partiya rahbariyati Akbar nomli köçaning möğullarga qarşilik qilgan hind hukmdori Maxaran Pratap nomiga özgartirdi. 

Joriy yilda bu partiya Bobur köçasi nomini Jammu va Kaşmir ştatida jangarilar tomonidan öldirilgan hind harbiy arbobi Ummer Fayoz şarafiga qayta nomlaşni tavsiya qildi.

Bundan taşqari, mazkur partiya a'zolari tomonidan boşqariluvçi Rajaston ştati ma'muriyati mamlakat oliy ta'lim muassasalarida hind hukmdori Maxaran Pratapning möğul şohi Akbar bilan keçgan jangining talqinini uning foydasiga özgartirişni taklif qildi, holbuki tarixiy dalillar buning aksini sözlaydi.

Ijtimoiy tarmoqlarda katta bahslarga sabab bölgan "Aurangzeb: Inson va Afsona" kitobi muallifi Odri Truşkening fikriça, hozirda möğullarga qilinayotgan hujumlar Hindistonning ötmişiga aloqador emas. Bu köproq mamlakatning amaldagi siyosatiga boğliq. O.Truşke möğullarning "bosqinçi" va "buzğunçi" sifatida baholanişi mamlakatning tarixiy madaniyatini tuşunişni çeklaydi va induizmning musulmonlarga qarşi yönaltirilgan manfaatlari uçun xizmat qiladi, deb hisoblaydi. Hatto köp hindularning öz-özini identifikatsiya qilişi bugun möğullar merosi bilan belgilanadi.