Madaniy meros agentligi Andijon şahrida joylaşgan Bobur haykalini köçirib, örniga savdo majmuasi, köngiloçar markazlar quriş rejalaştirilayotgani yuzasidan örganiş işlari olib borilganini ma’lum qildi.
Avvalroq Andijon şahrida joylaşgan Zahiriddin Muhammad Bobur haykalini köçirib, örniga turar joy quriş rejalaştirilgani haqidagi xabar keng muhokamalarga sabab bölmoqda. Madaniy meros agentligiga köra, holat yuzasidan agentlikning Andijon viloyati boşqarmasi mutaxassislari tomonidan örganiş işlari olib borilgan.
Qayd etilişiça, Andijon şahri Bobur hamda Amir Temur köçalari kesişmasidagi Zahiriddin Muhammad Bobur monumental san’at yodgorligi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Moddiy madaniy merosining köçmas mulk obektlari Milliy röyxatiga kiritilgan.
Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boşqarmasi tomonidan 2024 yilning 8 noyabrida Andijon viloyati Madaniy meros boşqarmasiga Andijon şahar Boburşoh hamda Amir Temur köçalari kesişmasidagi Zahiriddin Muhammad Bobur monumental san’at yodgorligining şahardagi Abdurauf Fitrat köçasida joylaşgan «Jome me’moriy majmuasi» arxitektura yodgorligi hududiga köçirilişi yuzasidan murojaat kelib tuşgan.
Madaniy meros obektlarini muhofaza qiliş va ulardan foydalaniş töğrisidagi qonunda«Moddiy madaniy meros obektini hozirgi zamonda foydalanişga moslaştiriş – moddiy madaniy meros obektining tarixiy-badiiy qiymatini va asralişini özgartirmasdan uning tarixiy-madaniy qimmatga ega bölgan unsurlarini ta’mirlaş asosida undan hozirgi zamonda foydalanişga şart-şaroit yaratiş maqsadida amalga oşiriladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar, loyihalaş hamda işlab çiqariş işlarini amalga oşiriş» belgilab qöyilgan.
Şu bilan birga, Vazirlar Mahkamasi qarorida «Moddiy madaniy merosning köçmas mulk obektlari va ularning qöriqlanadigan tegralarida yer qaziş, yer tuziş, quriliş, melioratsiya va boşqa xöjalik işlari, asraşga doir işlarni amalga oşiriş hamda ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar ötkazişga oid loyihalarga Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert kengaşi tomonidan xulosa beriş belgilangan.












