Turkiya Qatar terrorçilikni qöllab-quvvatlaşini heç payqamagan. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan aytib ötdi. Uning ta'kidlaşiça, Turkiya Qatarga avvalgidek yordam berişni davom ettiraveradi. Bu haqda Agence France-Presse axborot agentligi xabar bermoqda.
"Şu kungaça Qatar terrorçilikni qöllab-quvvatlaganini payqamaganman. Keçirasizu, biroq biz Qatarga har tomonlama yordam körsatişni davom ettiramiz", deb ta'kidlab ötdi Erdöğan.
Turkiya prezidenti Qatardan qamalni olişga çaqirdi. Uning fikriça, Qatarning yakkalatilişi va unga qarşi sanksiyalar kiritilişi Yaqin Şarqdagi vaziyatni barqarorlaştira olmaydi.
Erdöğan mintaqada yaxşi munosabatlar rivojlanişini rağbatlantiriş uçun bu masalada Saudiya Arabistoniga yetakçilikni öz zimmasiga olişni taklif qildi.













