BMT boş kotibi Antoniu Guterriş Özbekistonga taşrifi doirasida Qoraqalpoğiston Respublikasiga safar uyuştirgandi. Facebook’dagi UN Uzbekistan sahifasining xabar berişiça, BMT boş kotibining Özbekistonga birinçi safari öz yakuniga etdi va u Qirğizistonga yöl oldi.
Antoniu Guterriş Özbekiston hukumati va xalqiga yuksak darajadagi qabul uçun öz minnatdorligini bildirib, safar dasturining keyingi manzili tomon yöl oldi.
BMT boş kotibi Nukusda Orol dengizi va uning atrofidagi ekologik vaziyatni barqarorlaştiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar taqdimotida böldi.
BMT Boş kotibiga Orol dengizining bugungi ahvoli va mintaqadagi ekologik holat haqida sözlab berildi. Bir vaqtlar mavj urib turgan dengizning suvi keyingi 50-55 yilda 15 martadan ziyod kamayib, suv sathi 29 metrga pasaygani, hududda 5,5 million gektar tuzli qum maydonlari hosil bölgani qayd etildi. Bu holat mintaqa tabiati, odamlar hayoti, ösimliklar va hayvonot olamiga salbiy ta'sir körsatmoqda. Dengizning qurigan hududida 350 ming gektarga iqlimga mos qandim, çerkes, saksovul ekilib, tuzli çang-tözon köçişining oldi olinmoqda.
Antoniu Guterriş Özbekiston Respublikasi Boş vaziri A.Aripov hamrohligida Orol dengizi akvatoriyasiga bordi. Möynoq tumanidagi “Kemalar qabristoni”ni kördi, jamoatçilik vakillari bilan uçraşdi. BMT tomonidan hududda amalga oşirilayotgan loyihalar samaralari bilan tanişdi.
U şuningdek, I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san'at muzeyida böldi va uning eksponatlarini közdan keçirdi.
Guterriş Qirğizistondan keyin Tojikistonga boradi.








