BMT Boş kotibi Nukusdan Möynoq tomon vertoletda parvoz qildi va Orol dengizining xozirgi hududini körib çiqdi. Bu haqda "Facebook"dagi "Un Uzbekistan" sahifasida xabar berildi.
Şuni aytib ötiş kerakki, BMT Orol dengizi muammosiga katta ahamiyat bermoqda. BMT Taraqqiyot dasturi, YuNeSKO, YuNFPA, BMT Köngillilari dasturining Özbekistondagi vakolatxonalari tomonidan amalga oşirilayotgan BMT Qöşma dasturi Orol dengizi inqirozi natijasida zarar körgan aholining turmuş şaroiti salohiyatini mustahkamlaşga, muvaffaqiyatli loyihalarni köpaytiriş, milliy darajada inson xavfsizligi konsepsiyasi doirasini kengaytiriş va donorlarning muvofiqlaştirilgan harakati uçun yangi moliyaviy mexanizm yaratişga qaratilgan.


Avvalroq BMT Boş kotibi Antoniu Guterriş Nukus şahriga kelgani haqida xabar bergandik.









