Kanada shimolidagi Kvebek viloyatida joylashgan Akulivik aholi punktida pichoq bilan qurollangan 19 yoshli yigit odamlarga hujum qilgan. Bu haqda mahalliy huquq-tartibot idoralariga iqtibos keltirgan holda CBS telekanali ma'lum qildi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yigit bir nechta uylarga kirib, ularda yashovchi odamlarga jarohat yetkazgan. U 4-uyga kirmoqchi bo‘lganda politsiya tomondan otib o‘ldirilgan.  

Hujum oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan. Qurbonlar orasida 10 yoshli bola ham bor.

Yigitni qotillikni sodir etishga undagan sabablar hozircha noma'lumligicha qolmoqda. Politsiya voqea tafsilotlarini aniqlashtirmoqda.