Ukraina va Slovakiya prezidentlari Petro Poroşenko va Andrey Kiska Ukraina hamda Şengen zonasi mamlakatlari örtasidagi vizasiz rejim joriy etilişi munosabati bilan taşkil qilingan ramziy marosimda iştirok etdi.
Davlat rahbarlari Ukraina çegarasida, Zakarpate viloyati hududidagi «Ujgorod» punktida örnatilgan «Yevropa darvozasi»ni oçişgan.
Poroşenko 11 iyun kuni Ukraina uçun tarixiy voqea haqida e'lon qildi. «Şu kundan e'tiboran ukrainalik Bratislavaga qahva içişga borişi yoki Varşavada çegirmalardan foydalanişi mumkin. Nihoyat, Ukraina fuqarolari Venadagi operaga erkin borib kelişi mumkin böldi», - dedi ukrainlar yetakçisi.

11 iyun kuni Ukraina fuqarolari uçun Yevropa Ittifoqi bilan vizasiz rejim amalga kirdi. Endilikda Ukraina fuqarolari Yevropa ittifoqining 30 mamlakati va Şengen zonasidagi mamlakatlarga erkin kirib çiqişi mumkin böladi.
Vizasiz rejim biometrik pasportga ega ukrainlarga Yevropada 90 kun davomida böliş imkonini beradi. 90 kundan ortiq vaqt davomida Yevropa hududida bölişni istagan ukrainlar viza rasmiylaştiradi.








