JÇ-2018 saralaşi doirasida Yevropada 6-tur uçraşuvlari davom ettirildi. D guruhida ötkazilgan barça uç uçraşuvda durang natijalar qayd etildi.

Serbiya öz maydonida Uelsni qabul qilib, mağlubiyatga uçrata olmadi. Belgradning «Rayko Mitiç» stadionida keçgan uçraşuv 1:1 hisobida yakunlandi.

Birinçi bölim vaqtida Uels yarim himoyaçisi Aaron Remsi 11 metrlik nuqtadan hisobni oçgandi, 73-daqiqada serblar hujumçisi Aleksandr Mitroviç javob golini yölladi.

Irlandiyaga safar qilgan Avstriya esa öyin oxirida ğalabani qöldan çiqardi. Dublindagi «Aviva» stadioni mezbonlik qilgan uçraşuvda ham 1:1 hisobi qayd etildi.

31-daqiqada mehmonlar Martin Xinterreggerning goli evaziga oldinga çiqqandi, ammo öyin yakuniga 5 daqiqa qolganida Jonatan Uolters durangni ta'minlovçi gol muallifiga aylandi.

Guruhning yana bir uçoraşuvida Moldova Gruziya bilan öynadi. Mezbonlar birinçi bölimda ikki gol urişdi, ikkinçi bölimda esa ikki gol ötkazişdi - 2:2.

Keyingi tur 2 sentabr kuni ötkaziladi, Serbiya öz maydlnida Moldovani qabul qiladi, şu kuni Uels Kardiffda Avstriya bilan öynaydi, irlandlar Gruziyaga safar qiladi.

6 turdan keyin D guruhida quyidagiça vaziyat yuzaga kelgan: 1. Serbiya – 12 oçko; 2. Irlandiya – 12; 3. Uels – 8; 4. Avstriya – 8; 5. Gruziya – 3; 6. Moldova – 2.

JÇ-2018 saralaşi, Yevropa
6-tur

Serbiya – Uels 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 35, penalti Remzi, 1:1 – 73 Mitroviç.
Serbiya – Stoykoviç, Nastasiç, Ivanoviç, Rukavina, Vukoviç, Kostiç (Priyoviç, 67), Matiç, Tadiç, Milivoyeviç (Gudel, 63), Kolarov, Mitroviç.
Uels –   Xennessi, Devis, Uilyams, Çester, Riçards, Allen, Edvards (Hyuz, 73), Remzi, Ledli, Ganter, Vouks (Lourens, 86).
Ogohlantirişlar: Stoykoviç (33), Milivoyeviç (34), Allen (56), Riçards (71), Matiç (90).