Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ashxobodda BMTning global aksilterrorchilik strategiyasi bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tadi
BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh 13 iyunda Ashxobodga tashrifi vaqtida Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov bilan muzokaralar o‘tkazadi, deb ma'lum qildi Turkmaniston tashqi ishlar vazirligi.
Muzokaralar davomida tomonlar global va mitaqaviy tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, Markaziy Osiyoda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalarini muhokama qilishadi.
Ma'lum qilinishicha, shu kuni BMT bosh kotibi raisligi ostida Markaziy Osiyo davlatlari va BMT o‘rtasida BMTning global aksilterrorchilik strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha oliy darajadagi muloqot bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuvda O‘zbekiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston tashqi ishlar vazirliklarining yuqori lavozimli mansabdor shaxslari ishtirok etadilar.
Bu uchrashuvdan maqsad BMTning global aksilterrorchilik strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha mohiyatan birinchi hujjat hisoblanuvchi Markaziy Osiyo uchun qo‘shma harakatlar rejasini bajarish bo‘yicha hisobot berish hisoblanadi.
Uchrashuvda Markaziy Osiyo uchun terrorchilikka qarshi kurash sohasidagi keyingi strategik ustuvor vazifalar belgilab olinadi.
Mavzuga oid
08:53 / 23.03.2026
Toshkent va Ashxobod o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik kuchaytiriladi
21:33 / 12.12.2025
Prezidentning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
11:13 / 12.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Ashxoboddagi Betaraflik monumenti poyiga gul qo‘ydi
15:32 / 16.01.2025