Uber asosçilaridan biri va boş direktori Trevis Kalanik vaqtinçalik lavozimidan çetlatilişi yoki boşqa lavozimga ötkazilişi mumkin. Bunday variantni kompaniya direktorlar kengaşi körib çiqmoqda, deb ma'lum qildi vaziyatdan xabardor bölgan ikkita manbaga iqtibos keltirgan holda The Financial Times naşri.
Kalanikning keyingi faoliyati masalasi Uber direktorlar kengaşining 11 iyundagi yiğilişida kötarilgan. Manbalarning ma'lum qilişiça, şuningdek Kalanikning ikki yaqin tarafdori – uning örinbosari va kompaniyaning eski xodimlaridan biri Emil Maykl va birinçi örinbosari Rayan Greyvs ham öz lavozimlaridan mahrum bölişlari mumkin.
Bloomberg axborot agentligi manbalarining ma'lum qilişiça, Kalanik uç oyli ta'til olişi ham mumkin.
Direktorlar kengaşi Uber xodimlari iştirokida mojarolar tez-tez sodir bölayotganiga şunday munosabat bildirişmoqda.
2017 yil iyun boşida kompaniyaning 20 dan köproq erkak xodimi ayol hamkasblariga şilqimlik qiliş ayblovi bilan böşatilgandi. Uşbu qaror Uber rahbariyati tomondan yollangan Perkins Coie yuridik firmasi tergovidan keyin qabul qilingan. Yuridik firma 215 ta, jumladan şilqimlik qiliş va tahqirlaş şikoyatlarini örganib çiqqan.
Uber’ning sobiq xodimasi Syuzan Fauler özining blogida u va kompaniyadagi ayollar erkak hamkasblari tomondan muntazam şilqimliklarga uçraganliklarini, rahbariyat esa şilqimlik qilgan xodimlarning malakali va tajribali ekanligini hisobga olib, ularning bu xatti-harakatlariga köz yumib yuborganini ma'lum qilgan.












