Germaniyaning Opel avtomobilsozlik konserni rahbari Karl-Tomas Noyman iste'foga ketdi. Endilikda kompaniyaga 48 yoşli Mixael Loşeller rahbarlik qiladi. U 2014 yildan kompaniyaning moliya böyiça direktori lavozimini egallab kelgan. Bu haqda konsern matbuot xizmatida 12 iyunda ma'lum qilindi.
Noyman Opel konserni Groupe PSA fransuz avtomobilsozlik kompaniyasi tarkibiga ötkazilgungaça Opel rahbariyatida qoladi. U bu "murakkab qarorni" qabul qilganini va hozirda bor e'tiborini kompaniyaning boşqa mulkdorga ötişiga qaratişini aytgan.
Mart oyi boşida Groupe PSA kompaniyasi AQŞning General Motors kompaniyasiga tegişli bölgan Opel va Vauxhall britan firmasini xarid qilişini ma'lum qilgandi. Kelişuvning umumiy qiymati 1,3 mlrd yevroni taşkil qilgan.
Bu xarid Peugeot va Citroën modellarini işlab çiqaruvçi PSA kompaniyasiga Volkswagen’dan keyin Yevropada yirikligi böyiça 2-raqamli kompaniyaga aylanişiga imkon beradi, uning bozordagi uluşi 17 foizni taşkil qiladi.
General Motors’ning Yevropadagi biznesi 2000 yildan boşlab 14 mlrd yevrolik ziyon keltirgan. 2016 yil ham Opel va Vauxhall uçun ziyon bilan tugagan. Salbiy balans 240 mln yevroni taşkil qilgan.












