Surxondaryo viloyatining Jarqörğon tumanida yaşovçi M.A.ning içki işlar bölimiga yozgan arizasida, şu tumanda yaşaydigan 1992 yilda tuğilgan Yu.E. özining ikki kunlik qiz bola çaqaloğini unga 7500000 söm pul evaziga sotmoqçi ekanligini ma'lum qilgan, deb xabar bermoqda Özbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati.
Mazkur ariza yuzasidan ötkazilgan tezkor tadbir davomida Yu.E. M.A.ga çaqaloğini sotayotgan vaqtida daliliy aşyo bilan uşlandi.
Hozirgi kunda holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatildi.











