«Özbekenergo» aksiyadorlik jamiyati boşqaruv raisi Fazliddin Salomov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
«Kun.uz» manbasi bergan ma'lumotga köra, uning örniga şu vaqtgaça Jizzax viloyati hokimining birinçi örinbosari sifatida faoliyat körsatib kelgan Uluğbek Mavlonoviç Mustafoyev tayinlangan.
Uluğbek Mustafoyev 2010 yildan 2016 yil kuzigaça Özbekiston Markaziy banki raisining birinçi örinbosari sifatida işlagan, şundan keyin uning örniga Saidkamol Xöjayev tayinlangan, Mustafoyev esa Jizzax viloyatiga jönatilgandi.
Uluğbek Mustafoyev 1968 yilda tuğilgan, 1991 yilda Toşkent xalq xöjalik institutini tamomlagan («Moliya va kredit» mutaxassisligi), şundan buyon bank sohasida faoliyat yuritgan.
«Özbekenergo» AJning endilikda sobiq rahbari Fazliddin Salomov 2016 yilning 23 sentabrida Iskandar Basidov (2012-2016) örniga tayinlangandi. U uşbu lavozimda 8 oydan oşiqroq vaqt işladi.
14 yanvar kuni bölib ötgan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev «Özbekenergo» AJ faoliyatini qoniqarsiz baholagandi. Prezident taşkilotda 67 ming xodim, qöştirnoq içidagi «pul yiğuvçilar» mavjud bölsa-da, «ulkan debitor qarzdorlikning tagiga yetib bölmasligi» haqida gapirgandi. 30 may kuni «Özbekenergo» va «Öztransgaz» ştati 10 mingdan ortiq xodimga qisqartirilişi ma'lum böldi.









