Energetika vazirligi rahbarlari va sohadagi boşqa mutasaddilar yöl qöygan kamçiliklar sanab ötildi.
«Tolimarjon IESning 800 megavattli energoblokini ta’mirlaş işlari 6 oydan buyon yakunlanmagani natijasida 3 mlrd kilovatt elektr yetkazib berilmagan. Şuning uçun energetika vaziri örinbosari Xöjayev degan vallomat, «Issiqlik elektr stansiyalari» rahbari Farhod Abdurahmonovni ham bugun işdan oldim, qarorga qöl qöydim.
Umuman, Azizov, Yöldoşev, bugun işdan olingan hamma rahbarlar böyiça menga alohida axborot berasizlar. Juda qattiq talab, tartib, intizom. Tizim bölişi kerak Özbekistonda.
«Hududiy elektr tarmoqlari» [rahbari] janob Mustafoyev, past quvvatli tarmoq va transformatorlarni yangilaş böyiça reja 50 foizga ham bajarilmagan. Şuningdek, «Öztransgaz»ning Normatov degan vallomati... 27 ta yirik gaz kompressoridan 8 tasi hali ham nosoz holatda.
Şu bilan birga, «Özbekneftgaz»ning Abdullayev degan vallomati bor. Oltita gaz kondensator kompressor stansiyalarida ta’mirlaş işlari yakunlanmagan.
[Energetika vaziri] Mirzamahmudov degan janob xorijiy kompaniyalar tomonidan gaz qazib oliş hajmlari 2022 yil bir yarim milliard kub metrga kamayişiga yöl qöygan.
Bularning oqibatida respublika böyiça yillik iste’molning 20 foiziga teng miqdordagi gaz aholiga yetkazib berilmagan.
Normatov, Abdullayev va Mustafoyev işdan olinib, hayfsan berilib, uç oy sinov muddati», dedi davlat rahbari.

















