Tasodifan yoki xayol bilan öçirib yuborilgan suratlar, xabarlar va kontaktlar, yoddan çiqqan parol - kimlar uçundir fojia. "Layfxaker" smartfon ustidan nazoratni qaytariş va barça muhim ma'lumotlarni tiklaşning oddiy va tezkor usuli bilan bölişdi. 

Android-smartfondagi ma'lumotlarni qayta tiklaş va uni blokdan yeçiş uçun sizga PhoneRescue nomli dastur kerak böladi. 

E'tibor qiling: PhoneRescue'ni yuklab oliş sahifasida dasturning beş xil turi mavjud. Ularning har biri muayyan işlab çiqaruvçiga möljallangan. Işlab çiqaruvçining sözlariga köra, tiklaş usullari brend turiga qarab farqlanadi. 

Hozirda PhoneRescue Samsung, Huawei, HTC, Sony va Google (Nexus va Pixel) smartfon hamda planşetlarini qöllab-quvvatlaydi. Dastur saytidagi ma'lumotga köra esa, yaqin kelajakda ularning qatoriga Motorola va LG ham qöşiladi. Röyxatda hozirça Xiaomi, Lenovo va ZTE brendlari yöq.

PhoneRescue foydalanişda qulaylik tuğdiriş uçun   işlab çiqilgan. Bundan avval ham ma'lumotlarni tiklaşga möljallangan dasturlar işlab çiqilgan bölib, ularning barçasi biroz tuşunarsiz va murakkab bölgan.

Bu dasturda esa barça zarur jihozlar, şu jumladan drayverlar ham dasturning içiga jamlangan, har bir qadam undan foydalanişga doir qöllanmaga ega.

Quyida Samsung smartfonida ma'lumotlarni tiklaş jarayoni körsatib beriladi. PhoneRescue'ni yuklab oling, kompyuterga örnating, işga tuşiring va fayllarni uzatiş rejimida USB-kabel orqali smartfonga ulang.

Dastur kompyuterda zarur drayverlar yöqligini köradi va darhol ularni örnatişni taklif qiladi. Taklifga rozilik bildiring. 

Endi USB orqali smartfonda nosozliklarni yoqing. Barçasini ekranda körsatilgandek bajaring.

Smartfonga PhoneRescue dasturini örnatiş vaqti keldi. Bu yerda hammasi avtomatik ravişda amalga oşadi.